Xiaomi o‘zining birinchi avtomobillari narxlarini ma’lum qildi
“Xiaomi” kompaniyasi o‘zining birinchi avtomobili — SU7 narxlari va texnik xususiyatlarini e’lon qildi. Uning uchta versiyasi allaqachon sotuvda bor:
- “Xiaomi SU7” — 0 dan 100 km/soat tezlikka 5,28 soniyada chiqadigan, maksimal 210 km/soat tezlikka ega, 73,6 kVt/soat akkumulyator, 700 kilometr quvvat zaxirasi va “Xiaomi Pilot Pro” avtopilotiga ega bazaviy versiya. Mashina 15 daqiqa quvvatlanganda 350 kilometr masofani bosib o‘tishi va’da qilinmoqda.
Narxi — 29 875 dollardan (377 330 000 so‘m); - “Xiaomi SU7 Pro” — 0 dan 100 km/soatgacha 5,7 soniyada tezlashadigan, maksimal 210 km/soat tezlikka ega, 830 kilometr quvvat zaxirasi bilan 94,3 kVt/soat akkumulyator va “Xiaomi Pilot Max” avtopilotiga ega. Elektromobil 15 daqiqa quvvat olgandan so‘ng 570 kilometrgacha masofani bosib o‘ta oladi.
Narxi — 34 579 dollardan (436 750 000 so‘m); - “Xiaomi SU7 Max” — 0 dan 100 km/soat tezlikka 2,78 soniyada erishadi, maksimal tezligi 265 km/soat, batareya 101 kVt/soat, quvvat zaxirasi 800 kilometr, “Xiaomi Pilot Max” avtopiloti o‘rnatilgan. 15 daqiqali quvvatlash bilan 510 kilometr masofa bosib o‘ta oladi. .
Narxi — 41 498 dollardan (524 135 000 so‘m).
Kompaniya “Xiaomi SU7 Pro Max” versiyasini namoyish qilmadi.
Sedan to‘qqiz xil — klassik qoradan to‘q sariq ranggacha sotuvga chiqariladi. Bundan tashqari, ichki ranglar tanlovi ham keng — qora, oq, to‘qqizil, sariq va binafsha. Brend muxlislari uchun bonus sifatida SU7 uslubidagi Xiaomi 14 va 14 Pro smartfonlari uchun yangi ranglarni namoyish qildi.
“Xiaomi Group” prezidenti Lu Veybing “Xiaomi SU7” avtomobillari rekord tezlikda sotilayotganini aytib, muxlislarga ko‘rsatgan qo‘llab-quvvatlashlari uchun minnatdorchilik bildirdi. To‘rt daqiqa ichida “Xiaomi SU7” sotuvi 10 000 ta mashinadan oshdi — har soniyada o‘rtacha 40 dan ortiq avtomobil sotildi. Savdo boshlanganidan yetti daqiqa oʻtgach, 20 000 dan ortiq xaridlar amalga oshirildi: oʻrtacha har soniyada 48 ta mashina sotildi.