BYD 13 400 dollarli krossoverni taqdim etdi
BYD kompaniyasi “BYD Dynasty” avtomobillar liniyasidan ilhomlangan dizaynidagi “BYD Yuan UP” nomli ixcham elektr krossoverini taqdim etdi.
Elektromobilning oʻlchamlari 4310×1830×1675 mm, g‘ildirak bazasi esa 2620 mm. Avtomobil to‘rtta rangda sotuvga chiqariladi: oq, yashil, pushti va kulrang.
“BYD Yuan UP” ikki xil motor varianti bilan taklif etiladi: 70 kVt (95 ot kuchi) va 130 kVt (177 ot kuchi). 32 kVt/soat quvvatga ega akkumulyator avtomobilni 301 kmgacha, 45,1 kVt/soat quvvatga ega akkumulyator esa bir marta quvvatlanganda 401 km masofani bosib o‘tish imkonini beradi.
Salonda 8,8 dyuymli panel va 12,8 dyuymli media tizimi mavjud. Orqa oʻrindiqlar tekis yotkiziladi va tepasida panoramali tom bor. Shuningdek, e elektron sozlamali va isitiladigan old o‘rindiqlar, smartfon uchun simsiz quvvatlash tizimi va proyeksiyali ekran jihozlangan.
“BYD Yuan UP"ning Xitoydagi asosiy versiya 13 400 dollar (169 120 000 so‘m) turadi. Ularning eng qimmat pozitsiyasi esa 16 500 dollar (208 244 000 so‘m) dan sotiladi.