ChatGPT texnologiyasi asosida ishlovchi o‘zbek tilidagi “Uzbek Expert” chati taqdim etildi
“We Digital” agentligi ChatGPT texnologiyasi asosida o‘zbek tilidagi “Uzbek Expert” chatini taqdim etdi. Ushbu platforma orqali sun’iy intellekt bilan tekstlar yaratish, savollarga javob olish va shunchaki turli mavzularda suhbatlashish mumkin.
“Uzbek Expert” o‘zbek tilida faoliyat yurituvchi kontent yaratuvchilar uchun mo‘ljallangan. U Google yoki Yandex kabi tarjima xizmatlarida uchraydigan tekst bilan bog‘liq muammolarga yechim topishi mumkin. Shuningdek, ushbu bot PDF fayllarni o‘qiy oladi, o‘zbekcha so‘zlar bazasi keng, inglizcha-o‘zbekcha, rus-o‘zbekcha lug‘atlar bilan ham ishlaydi.
“Mazkur chat-bot yordamida biz kopirayterlar va kontent yaratuvchilar uchun yangi imkoniyatlar ochyapmiz. Bu o‘zbek tilida ishlashni osonlashtiradi va kontekstni to‘g‘riroq tushunish evaziga material sifatini oshiradi”, — dedi “We Digital"ning boshqaruvchi hamkori Denis Roman.
“Uzbek Expert"ga kirish uchun $20 ga “ChatGPT-4"ga obuna bo‘lish talab etiladi.