Redmi Note 13 Pro+ — qo‘ldan chiqarishni xohlamaydigan deyarli flagman

E’lon qilingan sana· 589
Redmi Note 13 Pro+ — qo‘ldan chiqarishni xohlamaydigan deyarli flagman

Muallifimiz Redmi Note’ning “o‘z narxiga nisbatan top” deya da’vo qiladigan yangi flagmanini sinab ko‘rdi.

U nomi biroz uzun bo‘lgan Xiaomi Redmi Note 13 Pro+ 5G smartfonini bir haftadan ko‘proq vaqt davomida foydalandi, uning batareya quvvati va tez zaryadlanishi, unumdorligi va isitishini tekshirib, kameralarini sinab ko‘rdi va ushbu sharhda bu boradagi shaxsiy taassurotlari bilan o‘rtoqlashadi.

Yangi dizayn

Note 13 Pro+ oldingi avlodga nisbatan ancha yangilangan ko‘rinishni oldi va bu uning foydasiga ishladi. Choʻzilgan korpus har tomoni yumaloq qirralar bo‘lgani tufayligina qoʻlda ushlab turishga qulay. Telefonning kamchiliklaridan biri shundaki, uning kameralari juda boʻrtib chiqqan chiqqan boʻlib, hatto telefon uchun himoya gʻilofi ham ham vaziyatni toʻliq oʻnglamaydi.

Smartfonning qora rangli versiyasi qanchalik tez ifloslanganiga hayron boʻldim. Bu, ehtimol, telefonning eng mashhur versiyasi boʻladi, lekin u xiraroq emas, balki yaltiroq qilib ishlangan. Oq rangli versiya ancha jozibali va yuqori darajali smartfon kabi koʻrinadi. Qurilmada naushniklar va kolonkalarni ulash uchun, shuningdek, xotira kartalari uchun joy yoʻq. Yaxshiyamki, uskunani joyida boshqarish uchun IK-port mavjud.

IP68

Bu harflar va raqamlar ba’zilar uchun hech narsani anglatmasligi mumkin, lekin aslida ular juda muhim. IP68 himoya darajasi telefon 30 daqiqa davomida 1,5 metr chuqurlikdagi chuchuk suvga bardosh bera olishini bildiradi. Bu shaxsan men uchun Note 13 Pro+ ning eng muhim afzalliklaridan biri. Shu sababli telefonni yomgʻirda ishlatishga muvaffaq boʻldim va sharh uchun an’anaviy ravishda uni joʻmrak suvi ostida yuvib koʻrdim.

Ushbu reyting tasodifan yoki ataylab telefoniga suv quyishi mumkin boʻlgan kichik bolalarning ota-onalari uchun ham foydali boʻladi. Redmi Note 13 Pro+ narx segmentida suvdan toʻliq himoya tizimi kamdan-kam topiladi, shuning uchun smartfonni “oʻz narxi uchun top” deb ham aytish mumkin.

Egri displey

Yangi Redmi koʻzni quvontiradigan juda yorqin ranglar bilan jihozlangan deyish mumkin, gap boʻlishi mumkin emas. Smartfon diagonali 6,67 dyuymli AMOLED-displeyga ega boʻlib, 1220×2712 piksel oʻlchamli hisoblanadi va bu narx segmentidagi raqobatchilardan yuqori ekani koʻrinadi. Bundan tashqari, matritsa eng yuqori yorqinligi 1800 nitgacha boʻlib, bu tashqarida quyosh ostida ham yetarli boʻladi.

13 Pro+ ekranida menga yoqmagan narsa bu ekran yorqinligini uzoq “o‘ylaydigan” avtomatik sozlash tizimi va atigi 10 soniyada faollashadigan har doim yoqiq boʻlgan displey rejimi. Kompaniya o‘zining Xiaomi 14 va boshqa flagmanlarini xuddi raqobatchilari kabi to‘liq ishlaydigan “Always-on” displey rejimi bilan jihozlagan, shuning uchun bunday sun’iy cheklov foydalanuvchilarni masxara qilish kabi ko‘rinadi.

Smartfon ekraniga boshqa hech qanday shikoyatlar yoʻq. Uning chetlari qayrilgan nozik ramkalar mavjud boʻlib, ular birgalikda zamonaviy smartfon koʻrinishini va foydalanish uchun qulaylik beradi. Ha, ha, men egri ekranlarni juda yaxshi koʻraman, ularning yoʻqligi uchun S24 Ultra smartfonini koʻrib chiqayotganda shikoyat qilgan edim. Chetlardagi bu egri chiziqlar tufayli telefon qoʻlingizga xuddi qoʻlqop kabi joylashadi.

Yangi Redmi sozlamalarida ekranning yon tomonlaridagi maydonning kengligini tanlash mumkin, bu noto‘g‘ri faollashtirishlar ehtimolini yo‘qqa chiqaradi.

Tez quvvatlantirish

Note 13 Pro+ anʼanaga amal qilib, oldingi avloddan tezkor zaryadlashni meros qilib olgan. Kompaniya 5000 mA/soat quvvatga ega akkumulyatorni 120 Vt quvvat manbaidan 19 daqiqa ichida 100 foizgacha zaryadlash mumkinligini va’da qilmoqda. Aslida, smartfon yoqilganda va sozlamalar sukut rejimida boʻlgan vaqtda tez zaryadlash funksiyasi 21−22 daqiqa davom etadi.

Telefonni toʻliq zaryad qilish uchun 22 daqiqa ham ajoyib natija, shuning uchun ushbu texnologiyaning mavjudligi Note 13 Pro+ ning ajoyib xususiyati deb oʻylayman. Bundan tashqari, uning quvvati juda sekin kamayadi va menga bir kundan ortiq faol foydalanish imkoniyatini ta’minladi. Energiya tejash rejimi yoqilgan boʻlsa, smartfonning quvvati ikki kunga ham yetadi. Favqulodda vaziyatlar uchun tizimning koʻp qismini oʻchiradigan va foydalanuvchiga faqat bir nechta tanlangan ilovalarni taqdim etadigan juda tejamkor rejim ham mavjud.

Telefonning ichi

Yangi qurilma ichida Mediatek Dimensity 7200 Ultra chipi mavjud bo‘lib, barcha kundalik vazifalarni bajarish uchun zaxirasida yetarli quvvatga ega — telefon juda tez ishlaydi. Note 13 Pro+ zamonaviy o‘yinlar bilan ham yaxshi chiqishida va sekinlashmasdan, bemalol ishlaydi. Interfeysning ajoyib tezligi va ilovalarning tez ishga tushishi sozlamalardagi tanlangan ilovalar va oʻyinlar uchun majburiy boʻlishi mumkin boʻlgan 120 Gts tasvirni yangilash tezligiga ham yordam beradi.

Smartfonda 8, 12 yoki 16 GB operativ xotira mavjud. Ichki oʻrnatilgan 256 yoki 512 GBni tanlash mumkin. Qurilmaning narxini hisobga olgan holda, bu juda munosib hisoblanadi. Biz qurilmani 512 Gb xotiraga ega versiyada sinab koʻrdim va bunday hajmni nimalar bilan to‘ldirish mumkinligini tasavvur ham qila olmayman. Faqat yuqori sifatli fotosuratlar va videolar koʻp boʻlsagina, bu haqda esa keyinroq gaplashamiz.

Ikkita kamera

Note 13 Pro+ to‘rtta kameraga ega, ammo ulardan faqat ikkitasi yaxshi natija beradi — asosiy va selfi. Ultra keng obyektiv yorugʻlik kam sharoitda suratga olish va video olish uchun yetarli emas, lekin kunduzi oʻz vazifasini yaxshi bajaradi. 2 megapikselli uchinchi kamera makrosuratga olish uchun, lekin past aniqlik natijani buzadi. Goʻyo bu modul faqat miqdor uchun qoʻshilgandek tassurot qoldiradi.

Asosiy kamera pand bermaydi va ushbu smartfonning katta afzalligi hisoblanadi. U kunduzi yaxshi suratga oladi va yuqori sifatli tungi rejimga ega. Hatto kameralar yonidagi 200 MP yozuvi ham korpusda bekorga turgani yo‘q. Oldingi avloddan farqli oʻlaroq, yuqori aniqlikdagi modul suratlar sifati ko‘tarilgan va yaxshi raqamli zoom qoʻshilgan.

Oxirgisiga matritsa oʻlchamlarini qisqartirish va tizim ichidagi neyron tarmoqlar tomonidan ishlov berish orqali erishiladi. Buning yordamida 2x va 4x rejimlari mavjud boʻlib, ularning sifati, albatta, televizorlar yoki periskoplar bilan raqobatlasha olmaydi, lekin ularga iloji boricha yaqinlashadi. Smartfon ekranida farq sezilmaydi. Kamera ijtimoiy tarmoqlar va portretlarni osongina boshqaradi.

Note 13 Pro+ da suratga olingan videoning sifati, mukammal stabilizatsiyasi va 4K formatida yozib olish xususiyati xursand qildi. Ammo suratga olish paytida modullar oʻrtasida almashinishning yoʻqligi xafa qildi.

Yangi kameraning ishlashini sarhisob qilib, shuni ta’kidlashni istardimki, bunday narx segmentidagi telefonni hatto kamerafon deb atash ham mumkin.

Kamchiliklari va afzalliklari

Oʻylaymanki, smartfondagi murakkab 13 Pro+ 5G prefiksi nomdagi vizual axlatni va xaridorlar ongida chalkashlikni kamaytirish uchun 13 Ultra bilan almashtirish mumkin edi. Axir, telefon juda zoʻr boʻlib chiqdi va koʻp jihatdan 13 Proʻdan farq qiladi. Ammo bular mening perfektsionist sifatidagi shaxsiy fikrlarim. Agar biz bularning barchasini bir chetga surib qoʻysak va Xiaomi operatsion tizimini yoqtirmasligimni hisobga olsak, smartfon munosib boʻlib chiqdi va men sinovdan keyin uni topshirishni ham xohlamay qoldim.

Ko‘zga ko‘ringan eng katta kamchiliklar:

  • tez ifloslanadigan qora rang;
  • korpusdan chiqib turadigan kameralar;
  • g‘ilof smartfonni toʻliq himoya qilmaydi;
  • xotira kartalari uchun slot va naushnik ulash imkoni yoʻqligi;
  • to‘liq bo‘lmagan va doimiy yoqiq turadigan ekran rejimi;
  • barmoq izlari skaneridagi sezuvchanlik qobilyatining pastligi;
  • makrosuratga olish uchun miqdor moduli;
  • videoni yozib olishda kameralarni almashtirish imkoniyati yoʻqligi;
  • oshirilgan “rasmiy” narxlar.

Men oʻzim uchun muhim boʻlgan afzalliklarni sanab otaman. Shuningdek, “Nikita, 300−400 dollar byudjetga qanday telefon sotib olishim mumkin?” degan savolga javob ham beraman:

  • g‘ilof va 120 Vt’lik zaryadlovchi qurilma kiritilgan komplekt;
  • qulay va choʻzilgan korpus;
  • qurilma toʻliq suv oʻtkazmaydi;
  • 1,5K oʻlchamli yorqin va qayrilgan ekran;
  • barmoq izlarini tez skanerlash;
  • videoning sifati va yaxshi stabilizator;
  • ajoyib tungi rejim va 200 MP qisqartirish orqali raqamli zoom’ga ega asosiy kamera;
  • yoqimli aloqa tebranishi;
  • asosiy xotira hajmi 256 GB va 512 GB boʻlgan versiyaning mavjudligi;
  • kuchli chip va “tormozsiz” tizim;
  • batareyaning uzoq muddati va 22 daqiqada tez zaryadlash.

Shunday qilib, Redmi Note 13 Pro+ “Pulingiz uchun eng yaxshi” unvoniga toʻliq loyiqdir.


Oʻzbekistondagi narxlar

O‘zbekistonda Xiaomi Redmi Note 13 Pro+ asossiz qimmat narxda sotilmoqda. Telefonni Aliexpress yoki tovarni Xitoydan 1−2 haftada oldindan to‘lovsiz olib keladigan internet sotuvchilaridan buyurtma qilish arzonroqqa tushadi. Yoki bir necha oy qurilmaning narxi tushishini kutish mumkin.

Redmi Note 13 Pro+ telefonining sharh yozilgan vaqtdagi narxlari:

  • MediaPark — 5 860 000 so‘m;
  • Elmakon — 5 700 000 so‘mdan;
  • Texnomart — 5 665 000 so‘mdan;
  • Idea — 5 590 000 so‘m;
  • Radius — 5 455 000 so‘mdan;
  • Olcha — 5 531 000 so‘mdan;
  • Uzum — 5 170 000 so‘mdan;
  • OLX (yangilari) — 3 620 000 so‘mdan.
Nikita Davidov
Muallif va fotosuratchi
Nikita Davidov