Oʻzbekistondagi BYD avtomobillariga Muxlisa AI ovozli yordamchisi oʻrnatiladi

E’lon qilingan sana· 119
Oʻzbekistondagi BYD avtomobillariga Muxlisa AI ovozli yordamchisi oʻrnatiladi

“Muxlisa AI” ovozli yordamchisi O‘zbekiston uchun ishlab chiqarilgan “BYD” avtomobillarida paydo bo‘ladi, deb xabar bermoqda Spot.uz.

Ma’lumotga koʻra, 25-yanvar kuni kompaniya “BYD” va sun’iy intellekt yechimlarini ishlab chiqaruvchi “iFLYTEK” bilan uch tomonlama memorandum imzoladi.

Memorandumning asosiy nuqtasi “Muxlisa AI"ni ovozli boshqaruv tizimlarida joriy etish bo‘ladi. 2024-yil oxirigacha yordamchini “BYD” ishlatadigan turli qurilmalar va tizimlar bilan ishlashga moslashtirish va optimallashtirish rejalashtirilgan.

Yangi funksiya ishga tushirilgandan soʻng, Xitoy markasidagi avtomobil foydalanuvchilari o‘zbek tilida ovozli boshqaruvga ega bo‘lishi kutilmoqda. “Muxlisa AI” boshqaruv uchun foydalanuvchi interfeysini ta’minlab, tilni aniqlash va qayta ishlash imkoniyatlariga ega bo‘lishi koʻzda tutilgan.