Apple 2024-yilda nimalarni taqdim etishi mumkin?

E’lon qilingan sana· 501
Apple 2024-yilda nimalarni taqdim etishi mumkin?

Afisha muharriri 2024-yilda taqdim etilishi mumkin bo‘lgan Apple gadjetlari haqidagi barcha insayd ma’lumotlarni to‘pladi. Bu yil zerikarli iPhone 16, yubiley Apple Watch X, XR korpusidagi “hamyonbop” iPhone SE, iPhone 15 Pro va 15 Pro Max uchun yangi rang, uzoq kutilgan Apple Vision Pro va kupertinoliklarning boshqa yangiliklari taqdim etilishi kutilmoqda.

Vision Pro

Vision Pro shlemining taqdimoti 2023-yilda bo‘lib o‘tgan, biroq yangi gadjet faqat 2024-yilning 2-fevralida sotuvga chiqariladi, uning narxi AQShda 3500 dollardan (43 022 000 so‘m) boshlanadi. Agar vaziyat xuddi yangi iPhone’lardagidek rivojlansa, birinchi qurilmalar O‘zbekistonda ikki baravar qimmatga sotiladi.

iPhone 15 Pro va 15 Pro Max

2021-yilda iPhone 12 va 12 mini uchun yumshoq binafsha rangdan boshlanganidek, Apple joriy iPhone’ni bahorda yangi rangda chiqaradi. Binafsharang 12 dan keyin yashil 13 Pro va 13 Pro Max , bir yildan keyin esa sariq iPhone 14 va 14 Plus paydo bo‘ldi. Tabiiyki, kompaniya asosiy modellarni Pro versiyalari bilan almashtiradi. 2024-yil bahorida yangi rangdagi titaniumli iPhone 15 Pro va 15 Pro Max (qizil kabi) dunyo yuzini ko‘rishi mumkin.

iPhone SE (2024)

Apple 2024-yilda yangi to‘rtinchi avlod “hamyonbop” iPhone SE’ni taqdim etishi mumkin. Bu iPhone XR yoki 11 korpusidagi asosiy iPhone 15' ning chipiga ega telefon bo‘lishi kutilmoqda. Korpusda oʻzgartirilishi kerak boʻlgan yagona narsa — Lightning (universal USB-C'ga). Shunday qilib, uchinchi avlod iPhone SE Touch ID’ga ega so‘nggi iPhone bo‘lishi mumkin.

Mac Studio va Mac Pro

Apple 2024-yilda Mac Studio va Mac Proʻni yangilashi kerak. Ular uchun asosiy o‘zgarishlar hali taqdim etilmagan M3 Ultra chiplari bo‘ladi. Ushbu protsessorlar kompyuterlarni eng kuchli Apple qurilmalariga aylantiradi.

iOS 18

Apple an’anaviy tarzda yozda WWDC dasturchilar konferensiyasida yangi operatsion tizimlarni taqdim etadi. Yangi MacOS, iPadOS, WatchOS’dan tashqari, kompaniya 2024-yilda iPhone uchun iOS’ni sezilarli darajada o‘zgartirishi kerak. iPhone 16 liniyasi uchun sotuvga chiqariladigan yangilangan iOS 18 smartfonga App Store’dan boshqa muqobil manbalardan ilovalar o‘rnatishi mumkin bo‘lishi kutilmoqda.

AirPods

Aftidan, Apple 2024-yilda yangi simsiz quloqchinlarni taqdim etmaydi. Insayderlar bu yil kompaniya joriy AirPods’larni oddiygina USB Type-C ulagichi bilan jihozlashini aytmoqda. Shunday qilib, 2024-yil kompaniya uchun Lightningʻdan yagona ulagich standartiga oʻtishning yakuniy yili boʻlishi mumkin.

iPhone 16 va 16 Plus

Yangi asosiy iPhone’larda bir qancha muhim o‘zgarishlar bo‘ladi: quvvati o‘tgan yilgi Pro modellari bilan taqqoslanadigan chip, ovoz rejimi tugmasi o‘rniga moslashtirilgan tugma va orqa paneldagi yangilangan kamera tartibi. Yangi mahsulotlar yuqori ekranni yangilash tezligi 120 yoki kamida 90 Gts ni olmaydi, 60 Gts bo‘lib qoladi. Shuningdek, kameralar bo‘yicha yangilanishlar kutilmaydi — telefoto faqat Pro versiyalarida chiqadi.

iPhone 16 Pro va 16 Pro Max

Yangi “professional” iPhone’lar oldingi modellardan tanish bo‘lgan titan dizaynini taklif qiladi. Birinchi muhim o‘zgarish shundaki, iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max ekranlari joriy yilgi modellarga nisbatan 0,2 dyuymga katta bo‘lishi mumkin. Oʻzgarishlar chipga ham ta’sir qiladi — katta ehtimol bilan bu Apple A18 Pro bo‘ladi. Boshqa yangi gadjetlar bir yil oldin faqat eski 15 Pro Max maqtana oladigan besh marta kattalashtirishga ega periskopni va 48 megapikselli o‘lchamdagi ultra keng burchakli modulni olishlari kerak.

Bundan tashqari, Apple yangi proshivkani Samsung Galaxy S24 liniyasiga o‘xshash sun’iy intellekt vositalari bilan jihozlashi mumkin. Bundan tashqari, ba’zi insayderlar butun iPhone 16 liniyasida kamerani ishga tushirish uchun korpusda qo‘shimcha tugma bo‘lishini taxmin qilishmoqda.

Watch X

iPhone o‘n yoshga to‘lganida, Apple dunyoga mashhur iPhone X’ni tanishtirdi, u foydalanuvchilarga Touch ID tugmasi o‘rniga Face ID bilan mutlaqo yangi “ramkasiz” dizaynni taklif qildi. Kompaniya o‘z qo‘l soatlarining o‘n yilligi sharafiga xuddi shunday qiladi. Misol uchun, Apple Watch’ni klassik soatga o‘xshab dumaloq qilishi, shuningdek, qon bosimini kuzatish kabi foydali funksiyalarni qo‘shishi mumkin.

iPad Pro

Apple’ning yangi planshetida OLED ekran va yangi M3 chipi bo‘lishi kerak, u 2023-yilda MacBook Proʻda paydo bo‘lgandi. IPad Proʻning oldingi miniLED texnologiyasi bilan solishtirganda, OLED yanada boy qora ranglar, yaxshilangan kontrast va yuqori dinamik diapazonni (HDR) qo‘llab-quvvatlashni taklif etadi va energiyani tejaydi.

MacBook Air

Apple 2024-yilda yangi asosiy MacBook’ni konsollarsiz chiqarishi dargumon, biroq u MacBook Air’ni 13 va 15 dyuymli ekran diagonallari bilan biroz yangilashi mumkin. Ularga 2023-yilda MacBook Proʻda debyut qilgan M3 chipini o‘rnatiladi.

Nikita Davidov
Muallif
Nikita Davidov