Samsung Galaxy S24 taxminiy taqdimot sanasi e’lon qilindi
“Sparrow News” nashring xabar berishicha, “Samsung” kompaniyasi 2024-yil yanvar oyida “Galaxy S24” smartfonlarini o‘z ichiga olgan “Galaxy Unpacked” taqdimotini o‘tkazadi.
Nashrning sizdirilgan ma’lumotlarga asoslanib ma’lum qilishicha, “Galaxy Unpacked” 18-yanvar kuni o‘tkaziladi. Tizerda “Samsung” flagman qurilmalarining yangi avlodida paydo bo‘ladigan “Galaxy AI” texnologiyasining anonsi ko‘rsatilgan.
Shuningdek, “Galaxy S24” smartfonlarining xarakteristikalari haqida ilk ma’lumotlar taqdim etildi. Unga ko‘ra, “Galaxy S24”, “S24+” va “S24 Ultra” AQSh, Kanada va Xitoy versiyalarida “Qualcomm Snapdragon 8 Gen 3” chipsetidan quvvatlanishi kutilmoqda. Boshqa mamlakatlar uchun ishlab chiqariladigan telefonlarga esa “Samsung” tomonidan ishlab chiqilgan Exynos 2400 chipi o‘rnatilishi mumkin.