iPhone 16’ga foto uchun alohida tugma qo‘shiladi

E’lon qilingan sana· 141
iPhone 16’ga foto uchun alohida tugma qo‘shiladi

“Bloomberg” nashrining xabar berishicha, navbatdagi iPhone smartfonlarida foto uchun alohida tugmacha bo‘ladi.

Xabarga ko‘ra, tugma qurilmaning o‘ng tomoniga joylashtiriladi. “Apple” smartfonlarining Amerika versiyalarida bu joyda “mmWave” antennasi mavjud, u chap tomonga o‘tkaziladi.

Yangi element shartli ravishda “Capture Button” deb ataladi va u rasmga olish uchun mo‘ljallangan. Tugmachani bosish orqali tezda suratga yoki videoga olish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, insayderlik ma’lumotlariga tayanib Apple’ning keyingi yil uchun rejalari haqida yozilgan ushbu maqolada 2024-yilda kompaniya Vision Pro, AirPods 4 va iPhone 16'ni chiqarishi yozilgan.