Xitoyda dunyodagi eng tezkor internet ishga tushirildi

E’lon qilingan sana· 92
Xitoyda dunyodagi eng tezkor internet ishga tushirildi

Xitoyda dunyodagi eng tezkor internet ishga tushirildi, deya xabar bermoqda Spot.uz.

Qayd etilishicha, u sekundiga 1,2 terabit (1200 gigabit) ma’lumotlarni uzatadi. Bu tezlik ko‘rsatkichi rekord bo‘lib, u bir soniyada HD formatda 150 ta filmni uzatishga teng hisoblanadi.

Ushbu internetning kabellari 3 ming km uzunlikda bo‘lib, Pekin, Uxan va Guanchjou kabi yirik shaharlardan o‘tgan. U iyul oyida tarmoqqa ulangan va sinovdan o‘tgandan so‘ng foydalanishga topshirilgan.

Ta‘kidlanishicha, kabelni ishlatish uchun dasturiy ta’minot va apparat butunlay Xitoyda ishlab chiqarilgan.