Toshkentda xarid qilish mumkin bo‘lgan 100 dollardan 200 dollargacha bo‘lgan smartfonlar
Ortiqcha izohlarsiz, $100−200 narxlaridagi hamyonbop smartfonlar ro’yxatini taqdim etamiz. Ular 2023, hattoki 2024-yilda buvingiz, farzandingiz, ish uchun taksi haydovchisiga, ikkinchi uyali aloqa vositasi sifatida ishlatishga yoki shunchaki qo’ng’iroq va messenjerlardagi muloqot uchun to’g’ri keladigan oddiy vazifalarni amalga oshirish uchun ayni muddao.
Narxlar maqola e’lon qilingan vaqtga ko’ra amal qiladi.
Infinix Hot 30i
Infinix ham jahon, ham O‘zbekiston bozorlarida ancha yosh brend bo‘lsa-da, u allaqachon juda qiziqarli smartfonlarni ishlab chiqarmoqda. Hot 30i modeli yorug’likda orqa paneldagi g’ayrioddiy jilosi bilan porlab, chiroyli ko’rinadi. Bundan tashqari, kamera bloki eng yangi iPhone’lar uslubida ishlab chiqilgan.
Qurilma 90 Gs tasvirni yangilash tezligiga ega IPS ekranga, 18 Vt quvvatga ega 5000 mA/soat batareyaga, Unisoc T606 chipiga va 4 Gb yoki 8 Gb tezkor xotiraga ega. Telefonda aslida ikkita kamera mavjud: 13 megapikselli asosiy kamera va 8 megapikselli old kamera.
Toshkentdagi narxi 100 dollardan (1 225 000 so‘m) boshlanadi.
Infinix Note 30
Yana bir Infinix oldingi smartfonning biroz takomillashtirilgan versiyasidir. Note 30 qiziqarli to’q sariq rangga ega bo’ldi, 120 Gs chastotali katta IPS displey va qalin ramkalar, Mediatek Helio G99 protsessori, bir xil 8 Gb tezkor xotira, 45 Vt quvvatga ega 5000 mA/soat batareya bilan johozlandi. Telefonda aslida ikkita kamera mavjud: asosiysi 64 megapikselli va old kamerasi 16 megapikselli.
Toshkentdagi narxi 160 dollardan (1 960 000 so‘m) boshlanadi.
Tecno Pova 5
Smartfondagi avtonomiyani qadrlaydiganlar Infinix kompaniyasining singlisi Tecno Pova 5 modeliga ham qarab ko’rishlari kerak. Telefon ichida 6000 mA/soat sig‘imga ega, 45 Vt quvvatga ega akkumulyator mavjud. Bundan tashqari, telefonning orqa panelida yosh geymerlarni jalb qila oladigan qiziqarli dizayn mavjud.
120 Gs yangilanish tezligiga ega 6,78 dyuymli IPS ekrani ham o‘yin o‘ynash jarayonini yaxshilaydi. Ammo ichidagi protsessor og’ir o’yinlar uchun yetarlicha kuchli bo’lmagan — 8 Gb tezkor xotiraga ega Mediatek Helio G99 o’rnatilgan. Smartfonda ikkita kamera mavjud: asosiysi 50 megapikselli va old kamerasi 8 megapikselli.
Toshkentdagi narxi 180 dollardan (2 205 000 so‘m) boshlanadi.
OPPO A38
Bu telefon IP54 suv chayqalishdan himoyalangan, shuning uchun uni engil yomg’irda ishlatishingiz mumkin. Smartfon 6,56 dyuymli, 1612×720 pikselli, tasvirni yangilash tezligi 90 Gs bo‘lgan IPS-ekran bilan jihozlangan. U ikkita kameraga ega: asosiysi 50 megapikselli va old kamerasi 5 megapikselli past o’lchamga ega.
OPPO A38 ichida Mediatek Helio G85 chipi va 4 Gb tezkor xotira mavjud. 5000 mA/soat batareya 33 Vt tez zaryadlashni qo’llab-quvvatlaydi, bu telefonni 30 daqiqada 50% gacha quvvatlaydi.
Toshkentdagi narxi 190 dollardan (2 317 000 so‘m) boshlanadi.
HONOR X8a
Avvalo, HONOR X8a o‘zining qobig‘i bilan e’tiborni jalb qilishi mumkin — displeydagi ancha yupqa ramkalar va orqa paneldagi barchaga tanish uslubda yaratilgan kamera birgalikda qimmatroq qurilma taassurotini qoldiradi. Ushbu smartfonni butun tanlovning eng chiroylisi deb atash mumkin.
6,7 dyuymli IPS displey 90 Gs tasvirni yangilash tezligini oldi. Ichki protsessor Mediatek Helio G88 bo’lib, 6 yoki 8 GB operativ xotirani tanlash imkoniyati mavjud. 4500 mA/soat quvvatga ega batareyani 22,5 Vt quvvat manbaidan 30 daqiqada 50 foizgacha zaryadlash mumkin. To’rtta kamerasi mavjud: 100 megapikselli asosiy, 5 megapikselli keng burchakli, 2 megapikselli makro va 16 megapikselli old kameraga ega.
Toshkentdagi narxi 195 dollardan (2 390 000 so‘m) boshlanadi.
realme C53
Realme`dan qiziqarli byudjetli smartfon, uning interfeysida ekrandagi old kamera yonida iPhone`dagi dizaynda “Dynamic Island"ga o’xshab ketadigan joyi bor.
Telefon 6,74 dyuymli IPS ekraniga ega, o‘lchamlari 2400×1080 piksel va tasvirni yangilash tezligi 90 Gs. Ichida kelib chiqishi shubhali bo’lgan Unisoc Tiger T612 chipi va 6 Gb tezkor xotira mavjud. 5000 mA/soat batareya 33 Vt quvvatda zaryadlashni qo’llab-quvvatlaydi — 31 daqiqada 50% quvvatlanishi va’da qilingan. Ikkita kamerasi mavjud: asosiysi 50 megapikselli va old kamerasi 8 megapikselli.
Toshkentdagi narxi 185 dollardan (2 265 000 so‘m) boshlanadi.
Samsung Galaxy A05
Hozirgi eng arzon Samsung smartfonlaridan biri yuqorida sanab o’tilgan smartfonlarga qaraganda kamroq jozibali ko’rinishga ega. Ammo ba’zilar uchun telefonning tashqi ko’rinishi va uning xususiyatlaridan ko’ra brend nomi muhimroq bo’ladi.
Smartfon 6,7 dyuym diagonali, 1600×720 pikselli past o’lchamli va standart yangilash tezligi 60 Gs bo’lgan byudjetli PLS LCD displeyga ega. Ichida Mediatek Helio G85 chipi va 6 Gb tezkor xotira mavjud. Smartfonda ikkita kamera mavjud — asosiysi 50 megapikselli va old kamerasi 8 megapikselli. 5000 mA/soat batareya 25 Vt tez quvvatlanishni qo’llab-quvvatlaydi.
Toshkentdagi narxi 120 dollardan (1 470 000 so‘m) boshlanadi.
Samsung Galaxy A24
Oldingi smartfondan hamma narsada bir oz yaxshiroq bo’lsa-da, Galaxy A24 tashqi ko’rinishi bo’yicha A05 dan faqat orqa panelda uchinchi kamera mavjudligi bilan farq qiladi. Smartfon 6,5 dyuymli Super AMOLED displeyga ega bo‘lib, 2340×1080 pikselli, yangilanish tezligi 90 Gs. A24 ning eng yuqori yorqinligi 1000 nitga yetadi, bu uning narxi uchun juda yuqori va quyoshda ishlash uchun yetarli.
Qurilmaning ichida 4, 6 yoki 8 Gb tezkor xotiraga ega Mediatek Helio G99 chipi va 25 Vt quvvatga ega 5000 mA/soat akkumulyator mavjud. Uchta kamerasi mavjud: asosiysi 50 MP, ultra keng burchakli 5 MP va old kamerasi 13 MP.
Toshkentdagi narxi 180 dollardan (2 205 000 so‘m) boshlanadi.
Redmi 12
Ushbu smartfonni butun tanlovning eng muvozanatli telefoni deb atash mumkin — u hatto IP53 standarti bo’yicha chang va chayqalishdan himoyalangan. Ya’ni, siz smartfonning ichki qismi shikastlanishidan qo’rqmasdan, yengil yomg’ir paytida ham u orqali qo’ng’iroq qilishingiz mumkin.
Redmi 12 foydalanuvchiga 2460×1080 pikselli va 90 Gs yangilanish tezligiga ega 6,79 dyuymli diagonali IPS displeyni taqdim etadi. Ichida Mediatek Helio G88 chipi va 4, 6 yoki 8 Gb tezkor xotira mavjud. 5000 mA/soatlik batareya faqat 18 Vt quvvatga ega. Telefonda uchta kamera bor: asosiysi 50 megapikselli, keng burchakli 8 megapikselli va old kamerasi 8 megapikselli.
Toshkentdagi narxi 150 dollardan (1 837 000 so‘m) boshlanadi.
Redmi Note 13
Yangi Redmi Note 13 chang va chayqalishdan ham himoyaga ega, ammo IP54 standartiga muvofiq. 2400×1080 pikselli va 120 Gs yangilanish tezligiga ega 6,67 dyuymli AMOLED ekran. Ichida Mediatek Dimensity 6080 chipi va 6, 8 yoki 12 Gb tezkor xotira mavjud. 5000 mA/soat batareya 33 Vt quvvatga ega. Telefonda ikkita kamera mavjud: asosiysi 100 megapikselli va old kamerasi 16 megapikselli.
Toshkentdagi narxi 180 dollardan (2 205 000 so‘m) boshlanadi.
Bizning to’plamimizda ko’p yillar davomida mavjud bo’lgan ikkita deyarli afsonaviy smartfonlar ajralib turadi.
Apple iPhone SE (2020)
Ekran ostidagi pastki ramkasida tugmachaga ega bo’lgan oxirgi iPhone. Afsuski, bu Apple tomonidan chiqarilgan 2023-yil va hatto 2024-yilda ushbu tanlov doirasida sotib olinishi mumkin bo‘lgan yagona smartfon. Telefon qo’ng’iroqlar yoki ikkinchi mobil telefon sifatida ishlatish uchun juda mos keladi.
Toshkentdagi narxi 140 dollardan (1 715 000 so‘m) boshlanadi.
Google Pixel 4
Google bu telefonni taqdim etgan paytda eng yaxshi kamerali telefonlardan biri edi. Telefon o’zining yoshiga qaramay, hali ham yaxshi va ba’zi joylarda zamonaviy byudjetli smartfonlardan ham yaxshiroq suratga oladi. Qalbaki qismlardan tiklangan qurilmaga duch kelish ehtimoli juda yuqori, ammo bu muammo bo’lmasa, batafsil tekshiruvdan so’ng istalgan Pixel 4`ni sotib olishingiz mumkin.
Toshkentdagi narxi 160 dollardan (1 960 000 so‘m) boshlanadi.