Doimiy Samsung soatlari foydalanuvchisidan Galaxy Watch6 Classic haqida sharh

E’lon qilingan sana· 413
Doimiy Samsung soatlari foydalanuvchisidan Galaxy Watch6 Classic haqida sharh

Qariyb ikki yildan beri har kuni Samsung soatlaridan foydalanib kelayotgan muharririmiz kompaniyaning yangi modelini sinovdan o‘tkazdi va o‘z taassurotlari, Watch6 Classic`dagi o‘zgarishlar haqida gapirdi.

Biz Samsung Galaxy Unpacked yozgi taqdimotining barcha yangi mahsulotlari bilan oldindan tanishib chiqdik va hattoki, O‘zbekistonda birinchi bo‘lib buklanadigan smartfonlar haqidagi videoni ham e’lon qildik. Taqdimotdan soʻng biz barcha gadjetlarni sinchkovlik bilan sinab koʻrdik va eng qiziqarlilari haqida yozdik: Fold5 va Flip5, Tab S9 Ultra plansheti va endi Watch6 Classic soati haqida gaplashish vaqti keldi.

2022-yilning yozidan beri men Galaxy Watch4 Classic`dan foydalanib kelaman va undan koʻnglim toʻq. Ular deyarli hamma narsada yaxshi — faqat soatda avtonomiya bilan bogʻliq muammolar bor, shuning uchun men yangi mahsulotni sinab koʻrishga ikki baravar qiziqdim. Bundan tashqari, beshinchi Watch`da mexanik ramkadan voz kechilgandan soʻng, oltinchi klassik avlodda yana qaytdi — Watch6 Classic brend muxlislari tomonidan juda qadrlanadigan uzuk bilan jihozlangan.

Toʻplam va tasmalar

Yangi soat modelining qutilari oldingi versiyalardagi kabi hamma narsani — gadjetga qoʻshimcha ravishda standart tasma va quvvat manbaisiz magnitli zaryadlash uskunasini oʻz ichiga oladi. Shunisi e’tiborga loyiqki, hatto eng oddiy tasma ham mening soatimdagiga qaraganda teginish uchun yoqimliroq edi. Endi silikon material haqiqiy iplar bilan tikilgan va teriga oʻxshash tuzilishga ega.

Boshqa oʻzgarishlar qatorida Samsung soatlari muxlislari uchun asosiy oʻzgarishlardan biri bu yangi tasma tutqichi boʻldi. Endi ularni almashtirish uchun tugmachalarni bosishning oʻzi kifoya qiladi. Bu osonlashdi. Sotuvda yangi tasmachalar mavjud boʻlib, ular orasida magnit mahkamlagichlarga ega eko-charm variantini alohida ta’kidlashni istardim.

Klassik dizayn

Shuni aytish joizki, mening Watch4 Classic soatim hali ham juda mustahkam va zamonaviy koʻrinadi. Ammo men uni Watch6 Classic bilan taqqoslaganimda, men biroz xafa boʻlganday boʻldim — yangi mahsulot fonida mening soatim gadjetlar olamining haqiqiy “dinozavr"iga oʻxshardi. Hammasi kattalashtirilgan ekran tufayli. Aniqrogʻi, displey atrofidagi qisqartirilgan ramkalar — faqat uning minimal qalinligi meni soatni yangilashga majbur qiladi.

Tanlash uchun ikkita oʻlcham mavjud — 43 va 47 millimetr.

Mexanik ramka ham yupqalashdi, ammo u hamon mustahkam koʻrinadi. Shu bilan birga, shuni tushunish kerakki, vaqt oʻtishi bilan uzuk ostida chang toʻplanib qoladi, bu interfeys bilan oʻzaro aloqani qiyinlashtiradi va undan foydalanishni murakkablashtiradi. Kirdan qutulish uchun uni suv ostida bir necha marta oldinga va orqaga ehtiyotkorlik bilan aylantiraman, taxminan har ikki-uch haftada bir marta.

Ajoyib displey

Watch6 Classic ekrani oʻzimning Watch4 Classic soatim bilan solishtirganda 1,4 dyuymdan 1,5 dyuymgacha oshgan. Yorqinlik zaxirasi sezilarli darajada oshirilgan, bu ayniqsa ochiq havoda foydali boʻldi. Himoya ham oʻzgartirilgan — beshinchi avloddan boshlab displey oddiy shisha bilan emas, balki sapfir oyna bilan qoplangan. Suvdan himoya bir xil darajada — IP68 50 metr chuqurlikka shoʻngʻishgacha dosh bera oladi.

Samaradorlik bir xil boʻlib qolmoqda

Yangi mahsulot ichiga Samsungʻning shaxsiy Exynos W930 chipi o‘rnatilgan bo‘lib, u samaradorligi jihatidan beshinchi va to‘rtinchi avlodlarda o‘rnatilgan Exynos W920'dan umuman farq qilmaydi. Shu bilan birga, grafik yadro bir xil boʻlib qolmoqda. Demak, protsessor quvvatini biroz oshirish uchun yangi avlodga oʻtishdan ma’no yoʻq.

Operativ xotira oshirildi — endi u 2 GB (oldingisi 1,5 GB edi).

Yomon avtonomiya

Xoʻsh, agar shu sharhning shu joyigacha sezilarli kamchiliklar boʻlmagan boʻlsa, aytib oʻrishim kerakki, bu mahsulotda — avtonomiya umuman yoʻq. Menimcha Samsung bu jihatini ozgina boʻlsada yaxshilamasdan turib yangi soatlar chiqarishga haqqi yoʻq edi. Faqat Apple Watch va Galaxy Watch foydalanuvchilari soatlarimizni har kuni quvvatlash azobini tushunishadi, Xiaomi va Huawei tomonidan ishlab chiqarilgan raqobatchi soatlar esa bir hafta davomida “turib bera oladi”.

Tajribamdan shuni aytishim mumkinki, agar siz energiya tejash rejimini oʻchirsangiz, soatni har kuni zaryadga qoʻyishingiz mumkin, ammo bu ham qulay emas. Yaxshi smartfon bilan teng narxga soat sotib olsangiz, undan toʻliq foydalanishni xohlaysiz.

Xulosa shunday: soatlarini har kuni zaryad qilishga tayyor boʻlganlar uchun Watch6 Classic mos keladi. Ammo men bundan charchadim va Watch4 Classic ishlamay qolgandan keyin, agar Samsung keyingi avlodlarda faol foydalanish bilan batareyaning ishlash muddatini bir haftagacha uzaytirmasa, Huawei yoki Xiaomi soatidan sotib olaman.

Xulosa va narx

Menga Watch6 Classic faqat vizual tomondan yoqdi — yupqa ramkali kattalashtirilgan ekran ta’sirli koʻrinadi. Funksional jihatdan, ishlash va avtonomiya nuqtai nazaridan, bu mendagi Watch4 Classic`ning deyarli toʻliq nusxasi, shuning uchun men yangi mahsulotga oʻtishdan ma’no koʻrmayapman.

Oʻylaymanki, uchinchi Galaxy Watch yoki undan kattaroq modellarning egalari ularni yangilashlari mumkin, ammo bir yarim millionlik Watch4 Classic bilan farq uyatli boʻlmasa. Samsung smartfoni bilan ishlash uchun mexanik ramkali zamonaviy zamonaviy soat izlayotgan har bir kishiga Watch6 Classic`ni tavsiya qilishim mumkin — bunday tandemda gadjet soat kabi ishlaydi.

Sharh yozish vaqtida Toshkentdagi Watch6 Classic narxi 3 500 000 so‘mdan boshlanadi. Yangi Watch4 Classic`ni 2 100 000 so‘mdan boshlab xarid qilish mumkin.

Nikita Davidov
Muallif va fotosuratchi
Nikita Davidov