Xiaomi Leica kameralariga ega 13T va 13T Pro smartfonlarini taqdim etdi

E’lon qilingan sana· 421
Xiaomi Leica kameralariga ega 13T va 13T Pro smartfonlarini taqdim etdi

Xiaomi kompaniyasi asosan foto va video olishga mo‘ljallangan 13T va 13 Pro smartfonlarini taqdim qildi. Yangi gadjetlarning shisha korpusi IP68 standarti bo‘yicha suvdan himoyalangan, ular bilan 1,5 metr chuqurlikka 30 daqiqagacha sho‘ng‘ishingiz mumkin.

Smartfonlar 2712×1220 pikselli va 30 dan 120 Gts gacha moslashtirilgan tasvirni yangilash tezligiga ega 6,67 dyumli AMOLED ekranlariga ega. Impuls kengligi moduli esa 2800 gacha. Barmoq izlari skanerlari esa ekran ostida joylashgan.

13T smartfoniga MediaTek Dimensity 8200 Ultra chipi, 8 GB operativ va 256 GB ichki xotira o‘rnatilgan. Pro versiyasida esa MediaTek Dimensity 9200+ chipi, 12 va 16 GB operativ и 256, 512 GB yoki 1 TB tashqi xotira bor. Smartfonlarga 5000 mAs sig‘imli batareya o‘rnatilgan, 13 T 67 Vt, 13 T Pro esa Vt bilan quvvatlanadi.

Smartfonlardagi kameralar bir xil — Leica o‘rnatilgan: asosiy kamera 50 MP (Sony IMX707, 1/1,28, f/1.9, 24 mm, 7 ta linza, OIS+EIS), 50 MP telefoto (OmniVision OV50D, ½,88, f/1.9, 0,61 mkm, 5 ta linza, avtofokus, 50 mm, yaqinlashtirish 20х gacha), 12 MP ultrakengburchakli kamera (1/3,06, f/2.2, 1,22 mkm, 5 ta linza, qo‘lda to‘g‘rilanadigan fokus, 15 mm), old kamera esa 20 MP (f/2.2, ushlash burchagi 78 daraja, 0,8 mkm, 5 ta linza). Pro’ning oddiy 13 T’dan farqi shundaki, u 24 FPS bilan 8K formatda video yoza oladi.

Xiaomi 13T seriyasining 8/256 GB li 13T smartfoni Yevropada 649 yevroga (8 387 000 so‘m) oldindan buyurtma qilish mumkin. 16 GB ichki, 1 TB tashqi xotiraga ega 13T Pro smartfoning narxi esa 999 yevroni (8 387 000 so‘m) tashkil qiladi. Smartfonlar qora, yashil va ko‘k ranglarda.