Qator iPhone’lar iOS 17 tizimini qabul qilishni boshladi. Qanday o‘zgarishlar bor?
Apple kompaniyasi iOS 17 tizimini taqdim etdi. Yangilanishdan so‘ng qator kichik o‘zgarishlar sodir bo‘ldi va bitta yangi ilova paydo bo‘ldi.
iOS’ning yangilangan versiyasida qo‘ng‘iroqlar ilovasida kontakt ekranini shaxsiylashtirish, masalan, ism yozilgan shriftni kattlashtirishtirish va o‘zgartirish hamda rasm o‘rniga emoji qo‘yish mumkin.
“Xabarlar"da ogohlantirishlar paydo bo‘ldi. Masalan, “uyga qaytganda” do‘stingizga bildirishnoma yuborish vazifasini o‘rnatishingiz mumkin. Tizim avtomatik ravishda joylashuvni aniqlaydi va xabar yuboradi.
AirDrop birinchi iPhone’nni ikkinchisiga yaqinlashtirish orqali ishlaydi. Avtomatik almashtirish va xatolarni avtomatik tuzatish tizimi yangilandi. Endi Siri’ni “chaqirish” “Salom” so’zisiz ovozli yordamchining ismini aytishning o‘zi kifoya.
Yangi “Kundalik” ilovasi fotosuratlar, musiqaning audio yozuvlari va shaxsiy qaydlar uchun boshqa ma’lumotlarga asoslangan shaxsiy maslahatlarni taklif qiladi. Apple’ning ta’kidlashicha, kompaniyaning o‘zi ham kuchli shifrlash tufayli “Kundalik” ilovasiga kira olmaydi.
Apple kutish rejimini yangiladi. Telefon qulflanganda uni gorizontal qo‘yib, ekranga fotosuratlar, soat, xarita, pleyer va boshqa vidjetlarni chiqarib qo‘yish mumkin.
Ushbu yangilanishni iPhone X va undan keyingi smartfonlar hamda 2−3-avlod iPhone SE’lar qabul qiladi.