Apple kompaniyasi Beats Studio Pro quloqchinlarini ommaga taqdim etdi
Apple o’zining Beats brendi ostidagi Studio Pro simsiz quloqchinlarini taqdim etdi.
Eshitish vositalari 40 mm lik maxsus drayverlar bilan jihozlangan. Ta’kidlanishicha, ular tovushni deyarli o’zgarishlarsiz chiqaradi va agar tovush sifatini Beats Studio 3 bilan solishtirsak, yangi qurilmada sifat 80 foizga yaxshilangan. Bundan tashqari, minigarnituralar shovqinni kamaytirish va “shaffoflik” rejimlarida ishlashi mumkin. Jihozlangan oltita mikrofon qo’ng’iroqlar paytida ovoz sifati uchun javob beradi.
Studio Pro`da iPhone bilan ulanish yaxshilandi va endi eshitish vositasidan barcha Apple qurilmalari orqali foydalanish uchun iCloud akkauntiga qoʻshiladi. Shuningdek, Siri`ga murojaat qilish, Find My`dan foydalanish va avtomatik ravishda yangilanishlarni yuklab olish mumkin. Android smartfonlariga tezkor ulanish uchun esa quloqchinlarga Google Fast Pair texnologiyasi qo‘shildi. Shuningdek, yo‘qolgan quloqchinlarni Android orqali “Qurilmani topish” xizmati yordamida topish mumkin.
Ovozni “havo orqali” uzatish uchun Bluetooth 5.3 javob beradi. Simli ulanish USB-C orqali ham, 3,5 mm lik port orqali ham qo’llab-quvvatlanadi, USB orqali bir vaqtning o’zida ham ovoz uzatiladi, ham qurilma zaryadlanadi. Ta’kidlanishicha, quvvat ANC yoqilgan holda 24 soatga va shovqin pasaytirgichsiz esa 40 soatgacha yetadi.
Yangi qurilmani to’rt xil rangda sotib olish mumkin: qum rangli, to’q ko’k, jigarrang va klassik qora. AQShda Beats Studio Pro`ning rasmiy narxi 350 dollar (4 070 000 so‘m).