Xiaomi 13 Ultra foto flagmani, Pad 6 va Smart Band 8 planshetlarini taqdim etdi

E’lon qilingan sana· 3 398
Xiaomi 13 Ultra foto flagmani, Pad 6 va Smart Band 8 planshetlarini taqdim etdi

Uzoq davom etgan taqdimotda Xiaomi to‘rtta yangi gadjetni ommaga taqdim etdi: Sound Move Bluetooth dinamiki, Pad 6 va Pad 6 Pro planshetlari, Smart Band 8 fitnes bilaguzugi va ilg‘or Xiaomi 13 Ultra foto flagmani.

Xiaomi Sound Move

Yangilikning asosiy afzalliklari Harmon Kardon ovoz sozlamalari hamda IP66 standarti bo’yicha suv va changdan himoyalovchi anodlangan alyuminiy korpusdir. Bundan tashqari, gadjet Xiao Ai ovozli yordamchisini ham qo’llab-quvvatlaydi.

Portativ dinamikni AirPlay 2, Bluetooth 5.3 va USB-C yordamida ulash mumkin. Qurilma Wi-Fi 2,4/5 GGs kuchni qo‘llab-quvvatlaydi. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, karnay Bluetooth orqali ishlaganda 21 soatgacha, kutish rejimida esa 5,5 kungacha ishlaydi.

Xitoyda Xiaomi Sound Move 102 dollar (1 162 000 so‘m) turadi.

Xiaomi Pad 6 va Pad 6 Pro

Kompaniyaning ikkita yangi plansheti Xiaomi 13 smartfonlari uslubidagi dizayn va tekis qirrali butunlay metall korpusga ega bo‘ldi. Qurilmalar Dolby Atmos va LDAC-ni qo’llab-quvvatlaydigan to’rtta dinamik bilan jihozlangan.

Yangiliklar 2880×1800 pikselli, tasvirni yangilash tezligi 144 Gs gacha bo’lgan va Dolby Vision qo’llab-quvvatlovchi 11 dyuymli LCD displeylar bilan jihozlangan. Planshetlardagi kameralar:

  • Pad 6 — 13 megapikselli (f/2.2) asosiy va 8 megapikselli (f/2.2) old kamera;
  • Pad 6 Pro — 50 megapikselli asosiy kamera, 2 megapikselli sensorli va 20 megapikselli old kamera.

Standart versiyasida Qualcomm Snapdragon 870 chipi o’rnatilgan, 6 yoki 8 Gb tezkor xotira va 128 yoki 256 Gb ichki xotiraga ega. Pro modeli Snapdragon 8+ Gen 1 chipi, 8 yoki 12 Gb tezkor xotira va 128, 256 yoki 512 Gb ichki xotiraga egaligi bilan ajralib turadi. Pad 6'ning 8840 mA/soat sig‘imli akkumulyatori 33 Vt quvvat olishni qo‘llab-quvvatlaydi, Pad 6 Pro’dagi 8600 mA/soat sig‘imli akkumulyator esa 67 Vt quvvat bloklari bilan quvvatlanishi mumkin.

Xitoydagi rasmiy narxlar:

  • Pad 6 6/128 GB — 276 dollar (3 157 000 so‘m);
  • Pad 6 8/256 GB — 335 dollar (3 821 000 so‘m);
  • Pad 6 Pro 8/128 GB — 349 dollar (3 988 000 so‘m);
  • Pad 6 Pro 12/256 GB — 436 dollar (4 985 000 so‘m);
  • Pad 6 Pro 12/512 GB — 480 dollar (5 484 000 so‘m);
  • Touchpad`li klaviatura — 87 dollar (996 000 so‘m);
  • 150 soat batareya quvvatiga ega stilus — 66 dollar (747 000 so‘m).

Xiaomi Smart Band 8

Yangi fitnes bilaguzuk yangilangan tasma qo’shimchasiga bo’lib, dizayniga o’zgarish kiritildi. Agar oldingi avlodlar kapsula o’rnatilgan bir qismli tasma bilan jihozlangan bo’lsa, endi tasma ikkala funksiyaga ega bo’lib, soatga ham, bilaguzukka ham mahkamlanadi. Displey oldingi avlodga nisbatan o’zgarmadi.

Taqdimot paytida Xiaomi Band 8`ning nafaqat fitnes bilaguzuk, balki moda aksessuariga ham aylanganiga e’tibor qaratdi. Shuningdek, yangilikning avtonomligi 16 kunga yetishi mumkinligi aytildi.

Gadjetda, shuningdek, sportchilar uchun ko‘plab funksiyalar mavjud — gadjet krossovkaga biriktirilishi mumkin, shuning uchun yuguruvchi ko‘proq ma’lumot ega bo’ladi, jumladan, qadam uzunligi va oyoqning yerga qilish zarba kuchi. Qurilma 150 dan ortiq turdagi mashg‘ulotlar, uyqu, yurak urish tezligi, qadamlarni kuzatishi mumkin.

Xitoyda narxi — 44 dollar (497 000 so‘m).

Xiaomi 13 Ultra

Taqdimotning asosiy anonsi Leica brendining optikasi va sozlamalariga ega Xiaomi 13 Ultra kamerofoni bo‘ldi. Ultraning sirti ekologik charmdan qilingan va korpusning qalinligi notekis — yuqori qismida kamerali blok uchun qavariq mavjud, buning natijasida qurilma juda massiv ko’rinadi. Korpus IP68 standartiga muvofiq tarzda suv va changning kirishidan himoyalangan.

Qurilma 3200×1400 pikselli va 1 dan 120 Gs gacha moslashtirilgan tasvirni yangilash tezligiga ega bo’lgan 6,73 dyuymli AMOLED TCL C7 ekrani bilan jihozlandi. Displey Gorilla Glass Victus oynasi bilan qoplangan, barmoq izlari skaneri esa ekran ostida joylashgan. Xioamining ta’kidlashicha, yangi smartfon har qanday zamonaviy telefonlar orasida eng yorqin displeyga ega. Uning maksimal yorqinligi 2600 nitga yetadi.

Yangilik ichida Qualcomm Snapdragon 8 Gen 2 chipi, 12 yoki 16 GB operativ xotira, 256, 512 GB yoki 1 TB ichki xotira o‘rnatilgan. 5000 mA/soat sig‘imli akkumulyator simli 90 Vt, simsiz esa 50 Vt tez zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Ta’kidlanishicha, 1% quvvatlanganda qurilma suhbat rejimida taxminan bir soat-u 12 daqiqa ishlashi mumkin, 100% quvvatda esa smartfon taxminan bir yarim kun ishlashi aytildi.

Smartfonda beshta kamera mavjud bo’lib: asosiysi 50 megapikselli (Sony IM989, 1,6 mkm, f/1,9, f/4,0, fokus uzunligi 23 mm, 8 linza, HyperOIS), 50 megapikselli keng burchakli (Sony IMX858, 1,4 mkm, f/1,8, 12 mm, 122 g, PDAF, 5 sm so‘l, 7 linzali), 50 megapikselli telefoto (Sony IMX858, 1,4 mikron, f/1,8, 1,0 mikron, 75 mm, PDAF, OIS, optik 3,2x zoom), 50 megapikselli periskop (Sony IMX858, 1,4 mkm, f/3,0, 1,0 mkm, 120 mm, PDAF, OIS, 5x optik zoom, 5 linza) va 32 megapikselli old kamera (f/2,0, 1,4 mkm, 90 daraja burchakli) bilan jihozlangan.

Xiaomi 13 Ultra xaridorlarga uchta rangda taklif etiladi — qora, yashil va oq. Xitoydagi rasmiy narxlar:

  • 12/256 GB — 873 dollar (9 971 000 so‘m);
  • 16/512 GB — 945 dollar (10 802 000 so‘m);
  • 16 GB/1 TB — 1062 dollar (12 132 000 so‘m).