Oʻzbekiston xokkey terma jamoasi oʻz divizionida Jahon chempioni boʻldi

Xokkey boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi IV divizion chempionligini qo‘lga kiritdi, bu o‘zbek xokkeyi uchun tarixiy kunga aylandi.
O‘zbekistonlik xokkeychilar Quvayt (13:3), Eron (20:0), Indoneziya (26:1) va Malayziya (18:3) jamoalarini mag‘lub etib, turnir jadvalida birinchi o‘rinni egalladi va faqat bir marta turnir mezbonlari — Armanistonga 2:3 hisobida yutqazib, ochko yo‘qotdi.
Umumiy hisobda O‘zbekiston terma jamoasi 13 ochko jamg‘arib, raqiblar darvozasiga 79 ta shayba kiritdi va atigi 10 tasini o‘tkazib yubordi.
Endi terma jamoa 2026-yilgi navbatdagi jahon chempionatida III divizion, “B” guruhida ishtirok etadi.
Darvozabon Rustam Irgashev terma jamoa tarkibida turnirning eng yaxshi xokkeychisi, hujumchi Vadim Kravchenko esa barcha jamoalar o‘rtasida chempionatning eng yaxshi hujumchisi deb topildi.
Shu tariqa, milliy terma jamoa Tailandda bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘z divizionida oltin medalni qo‘lga kiritgan va keyingi divizionga yo‘llanma olgan U-18 jamoasining muvaffaqiyatini takrorladi.