Fotogalereya: Oʻzbekiston JCh sari yana bir qadam tashladi

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 20-mart kuni Jahon chempionati 3-saralash bosqichi 7-turi doirasida Qirgʻiziston jamoasini qabul qildi. Uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobidagi gʻalabani qoʻlga kiritdi. Afisha.uz muharriri Mirjalol Qosimov uchrashuvdan fotogalereya tayyorladi.
Uchrashuvning 24-daqiqasida Xojiakbar Alijonovga nisbatan ishlatilgan qoʻpollik sababli qirgʻizistonlik futbolchi Said Datsiyevga qizil kartochka koʻrsatildi va penalti belgilandi. Ammo Oʻzbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov penaltini golga aylantira olmadi.
Shunga qaramay, oʻyinning 40-daqiqasida yana Xojiakbar Alijonov hujumga qoʻshildi va uchrashuvdagi yagona golni kiritdi.
Uchrashuuvdan keyin TImur Kapadze va uchrashuvning eng yaxshi oʻyinchisiga aylangan Xojiakbar Alijonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Bosh murabbiy Jaloliddin Masharipov ushbu uchrashuvda ham sariq kartochka olib, Eronga qarshi uchrashuvni oʻtkazib yuborishi aniq boʻlgani va bu vaziyatdan qanday chiqishi haqida gapirdi.
“Aliqulov jarohat oldi, keyin O‘runov tayyor bo‘lmadi. Oston keldi, ammo o‘ynay olmadi. Ha, bilardi, ammo futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Futbol hissiyotlarga boy o‘yin. Bu borada ehtiyot bo‘lish kerakligini uqtirgandik. Ammo tarkibda o‘yinchilarimiz bor, Jaloliddinning o‘rnini tarkibdagi boshqa o‘yinchilardan biri bilan to‘ldiramiz. Ha, Masharipovning yo‘qotilishi boshog‘riq bo‘ladi, ammo vaziyatdan chiqib keta olamiz.
Penalti? Eldor ham yaxshi tepdi, ammo raqib posboni ham yaxshiroq harakat qilib qaytardi", — dedi Oʻzbekiston MTJ bosh murabbiyi.
Shuningdek, Kapadze Shomurodov penaltidan foydalana olmagan vaziyat, umuman terma jamoaning 11 metrli nuqtadan gol urolmayotganiga toʻxtalib, darvozabonlar yaxshi oʻyin koʻrsatayotganini ta’kidladi.
Bu muammo emas, ruhiy jarayon. Bugun penaltini yomon tepmadi. Darvozabonlar yaxshi harakat qilyapti. O‘tkir Yusupov ham bizni necha marta penaltilardan qutqargan.
E’tibor beryapmiz. Oxiri o‘zim chiqib penalti tepaman, shekilli. Barcha futbolchilar mashg‘ulotlardan keyin qo‘shimcha ishlashyapti. Eldor boshqa burchakka ham tepishi mumkin edi. Yaxshi tepdi ham, darvozabon olib chiqdi. Buni kamroq muhokama qilish kerak deb o‘ylayman. Shunda muammo bo‘lmasa kerak, — deydi Temur Kapadze.
Bu gʻalaba bilan Temur Kapadze shogirdlari ochkolari sonini 16 taga yetkazdi va guruhda ikkinchi oʻrinni egallab turibdi. Eron BAA ustidan gʻalaba qozonib, ochkolarini 19 taga yetkazib oldi va Jahon chempionati yoʻllanmasini deyarli hal qildi.
Oʻzbekiston — Qirgʻiziston uchrashuvidan tayyorlangan fotogalerayani quyida tomosha qilishingiz mumkin.
