IIBB va OʻFA futbol muxlislariga murojaat qildi

E’lon qilingan sana· 697
IIBB va OʻFA futbol muxlislariga murojaat qildi

Bugun, 20-mart kuni futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati saralashi doirasida Qirgʻizistonni qabul qiladi. Uchrashuv “Bunyodkor” stadionida boʻlib oʻtadi.

Ushbu uchrashuv oldidan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Toshkent shahar IIBB ushbu oʻyinni “Bunyodkor” stadionida tomosha qilish istagida boʻlgan aholiga murojaat qilib, jamoat tartibiga qatʼiy rioya etish, muxlislik madaniyatiga amal qilishni soʻradi.

Xabarda muxlislarga maydonga tushish qat’iy man etilgani eslatib oʻtilgan.

“Avvalgi uchrashuvlardan birida OFK tomonidan belgilangan qoidalarni qoʻpol ravishda buzib, maydonga yugurib chiqqan va shu orqali tartibsizlik yuzaga keltirgan muxlislarga nisbatan huquq-tartibot organlari tomonidan maʼmuriy hamda moddiy jazo qoʻllanilgani haqida eslatib oʻtmoqchimiz”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, OʻFA muxlislardan qoidalarni buzmay, stadionda faoliyat olib boradigan yuzlab insonlar mehnatini hurmat qilib, yuqori kayfiyatda uchrashuvga kelib-ketishni soʻragan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling