JCh-2026 saralashi. Oʻzbekiston terma jamoasi Qirgʻizistonni magʻlub etdi

E’lon qilingan sana· 193
JCh-2026 saralashi. Oʻzbekiston terma jamoasi Qirgʻizistonni magʻlub etdi

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 20-mart kuni Jahon chempionati 3-saralash bosqichi 7-turi doirasida Qirgʻiziston jamoasini qabul qildi. Uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobidagi gʻalabani qoʻlga kiritdi.

Uchrashuvning 24-daqiqasida Xojiakbar Alijonovga nisbatan ishlatilgan qoʻpollik sababli qirgʻizistonlik futbolchi Said Datsiyevga qizil kartochka koʻrsatildi va penalti belgilandi. Ammo Oʻzbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov penaltini golga aylantira olmadi.

Shunga qaramay, oʻyinning 40-daqiqasida yana Xojiakbar Alijonov hujumga qoʻshildi va uchrashuvdagi yagona golni kiritdi.

Bu gʻalaba bilan Temur Kapadze shogirdlari ochkolari sonini 16 taga yetkazdi va guruhda ikkinchi oʻrinni egallab turibdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling