Buxoroda etnosport festivali va ekstremal poygalar oʻtkaziladi
E’lon qilingan sana: · 560

Buxoro viloyatining Romitan tumanida 15-mart kuni etno va ekstremal turizm yo‘nalishlari boʻyicha festival boʻlib oʻtadi. Bu haqda Turizm qoʻmitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, dasturdan “Motocross” bo‘yicha ekstremal motopoygalar, “Drift Shou”, etnosport festivali va madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar oʻrin olgan.
Bundan tashqari, ushbu bayram tadbiri davomida taniqli san’atkor va ijodkorlarning konsert dasturi, folklor-etnografik xalq badiiy jamoalarining chiqishlari, sport musobaqalari hamda ralli va boshqa ekstremal turizm namoyishlari bo‘lib o‘tadi.