Samarqanddagi Markaziy stadion ta'mirlanmoqda
E’lon qilingan sana: · 306

“Dinamo” futbol jamoasi oʻz oʻyinlarini oʻtkazadigan Samarqand shahridagi Markaziy stadion yangi futbol mavsumiga tayyorlanmoqda.
Qayd etilishicha, stadionda tomoshabinlar o‘rindiqlari to‘liq yangilanmoqda. Shuningdek, yo‘l infratuzilmasi ham ta’mirlash jarayonida. Jamoa ma’muriyatining xabariga koʻra, ta’mirlash mart oyida, yangi futbol mavsumi boshlangunga qadar yakunlanadi.
Ma’lumot uchun, “Dinamo” jamoasi 2025-yilgi mavsumda oʻz maydonidagi ilk oʻyinni Superliga 2-turi doirasida 15-mart kuni “Mash'al” jamoasiga qarshi oʻtkazadi. Markaziy stadion 14 000 muxlis uchun moʻljallangan.