“Samarkand Marathon” turkumiga mansub virtual yugurish musobaqasi boʻlib oʻtadi

E’lon qilingan sana· 139
“Samarkand Marathon” turkumiga mansub virtual yugurish musobaqasi boʻlib oʻtadi

“Samarkand Marathon” xalqaro xayriyat yugurish marafoni turkumiga mansub onlayn marafon boʻlib oʻtadi. Bu haqda tashkilot Telegram sahifasida ma’lum qilindi.

Ushbu musobaqada dunyoning istalgan nuqtasidan qatnashish mumkin, ammo medallar (va finish toʻplamlari) faqat Oʻzbekiston boʻylab yetkazib beriladi.

Unda 2 km Nordic walking, 2 km, 5 km, 10 km, 21,1 km, 42,2 km masofalarga roʻyxatdan oʻtish mumkin. Bolalar uchun esa quyidagi masofalar mavjud: 60 m, 300 m, 600 m, 1000 m.

Qatnashchilar masofani qulay tezlikda bosib o‘tishi va natijani GPS-trekini saqlaydigan istagan ilova (Strava, Nike Run Club, Garmin va boshqalar)da qayd etishi mumkin. Soʻng uni Telegram’dagi @SamarkandMarathon_Bot' ga yuborishlari zarur. Diqqat: masofa tanaffuslarsiz bir urinishda bosib o‘tilishi shart.

Roʻyxatdan oʻtish 24-fevraldan 24-martgacha davom etadi. Ushbu havola orqali kerakli ma’lumotlarni keltirib roʻyxatdan oʻtish va qoʻshimchasiga ixtiyoriy tarzda yetkazib berilishi kerak boʻlgan finish toʻplamlarini (futbolka, xaltacha) tanlash zarur. Toʻplamlar 10 ish kunida Oʻzbekiston boʻylab bepul yetkazib beriladi.

Ushbu marafonda chet eldan ishtirok etmoqchi boʻlganlar Oʻzbekistondagi tanishlarining manzil va raqamini kiritishi kerak boʻladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling