YChL. Abduqodir Husanov "Real Madrid"ga qarshi oʻynashi mumkin

E’lon qilingan sana· 143
YChL. Abduqodir Husanov "Real Madrid"ga qarshi oʻynashi mumkin

Futbol boʻyicha Yevropa Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga qur’a tashlandi. Unda umumiy bosqichda 9−24-oʻrinlarni egallagan jamoalar raqiblarini bilib oldi.

Qur’a natijasiga koʻra, oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovning jamoasi — “Manchester Siti” Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasiga qarshi toʻqnash keladigan boʻldi. Ushbu oʻtish oʻyinlari uy-safar tizimida oʻtkaziladigan boʻlib, birinchi uchrashuv 11-fevral kuni tunda “Ettihad” stadionida boʻlib oʻtadi.

Qolgan juftliklar bilan quyida tanishishingiz mumkin.

Ushbu uchrashuvda Abduqodir Husanov ham maydonga tushishi mumkin, “Siti” futbolchini Chempionlar Ligasida roʻyxatdan oʻtkazdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling