“Humo” xokkey klubi o‘yinida yumshoq o‘yinchoqlar tashlash xayriya marosimi bo‘lib o‘tadi

E’lon qilingan sana· 111
“Humo” xokkey klubi o‘yinida yumshoq o‘yinchoqlar tashlash xayriya marosimi bo‘lib o‘tadi

“Humo” xokkey klubi 1-fevral kuni muntazam chempionat doirasida “Nomad” jamoasiga qarshi muzga tushadi. Unda yumshoq o‘yinchoqlar tashlash xayriya marosimi bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

Ushbu xayriya marosim ramzi Dobrosha boʻladi, u SMA bilan kasallangan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi qaramog‘idagi qizaloq Amelining sodiq do‘sti. U doimo tabassum bilan o‘z kasalligiga mardona qarshi kurashmoqda.

“Dobrosha u bilan ilk bor uchrashganida Ameliga atigi to‘rt yosh edi. O‘shandan beri u qizaloqning eng yaqin hamrohi bo‘lib, quvonch va tashvishlarini birga baham ko‘rib kelmoqda”, deyiladi klub xabarida.

1-fevral kuni boʻlib oʻtadigan yumshoq o‘yinchoqlar tashlash xayriya marosimi qatnashish uchun Dobroshani o‘yinda, arenaning o‘zida xarid qilishingiz mumkin. O‘yinchoqlar soni cheklangan, ularning savdosidan tushgan mablag‘ to‘liq xayriya yo‘nalishiga yo‘naltiriladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling