Abbosbek Fayzullayev – Osiyoda "Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi"
E’lon qilingan sana: · 79
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi a’zosi va Rossiyaning “SSKA” klubi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev Osiyoda “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” deb topildi.
Seulda oʻtgan “AFC Awards 2023” taqdirlash marosimida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev qit’da “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” deb e’lon qilindi. Ushbu mukofotga o‘zbekistonlik futbolchidan tashqari yaponiyalik Kagu Navata (“Kamigaku U-18”) hamda Janubiy koreyalik Bae Jun Holar (“Stok Siti”) nomzodlik qilgan edi.
Eslatib oʻtamiz, 2003-yilda tugʻilgan Abbosbek Oʻzbekistondaning eng qimmat boʻlgan futbolchisi hisoblanadi, “Transfrmarket” portali ma’lumotlariga koʻra, uning transfer narxi 6 million dollarni tashkil qiladi.