JCh-2026 saralashi. Oʻzbekiston terma jamoasi oʻz uyida BAAni magʻlub etdi

E’lon qilingan sana· 75
JCh-2026 saralashi. Oʻzbekiston terma jamoasi oʻz uyida BAAni magʻlub etdi

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 15-oktyabr kuni Jahon chempionati 3-saralash bosqichi 4-turi doirasida BAA jamoasini qabul qildi. Uchrashuvda mezbonlar 1:0 hisobidagi gʻalabani qoʻlga kiritdi.

Uchrashuvning 65-daqiqasida BAA futbolchisi Abdulla Xamadga qoʻpollik uchun qizil kartochka koʻrsatildi. BAA uchrashuvning qolgan qismini bir kishi kam boʻlib oʻtkazdi.

Bahsning 76-daqiqasida BAA darvozasiga penalti belgilandi. 11 metrlik nuqtadan Otabek Shukurov zarba berdi va oʻyindagi yagona golga mualliflik qildi.

Ushbu natijadan soʻng Oʻzbekiston terma jamoasi guruhda 10 ochko toʻplagan holda birinchi oʻrinda bormoqda.