Oʻzbekiston 1 kishi kam qolgan Eronni yutolmagan oʻyindan fotoreportaj

E’lon qilingan sana· 89
Oʻzbekiston 1 kishi kam qolgan Eronni yutolmagan oʻyindan fotoreportaj

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 10-oktyabr kuni Jahon chempionati 3-saralash bosqichi 3-turi doirasida Eron jamoasini qabul qildi. Uchrashuvda nursiz durang qayd etildi. Afisha.uz muxbirlari Yevgeniy Sorochin va Mirjalol Qosimov oʻyindan katta fotoreportaj tayyorladi.

Uchrashuvning 57-daqiqasida Shomurodovga nisbatan qoʻpollik ishlatgan eronlik futbolchi Saleh Hardaniga hakam tomonidan qizil kartochka berildi. Eron uchrashuvning qolgan qismini bir kishi kam boʻlib oʻtkazdi.

Bahsning asosiy vaqtiga qoʻshib berilgan daqiqalarda Oʻzbekiston darvozasi tomon penalti belgilandi. Ammo VAR’ni koʻrgach, hakam penaltini bekor qildi.

Ushbu bahsdan soʻng Oʻzbekiston terma jamoasi 7 ochko toʻplagan holda oʻz guruhida 1-oʻrinni egallab turibdi.

Oʻzbekiston terma jamoasining navbatdagi uchrashuvi 15-oktyabr kuni Toshkentda BAAga qarshi boʻlib oʻtadi.

Toʻliq fotoreportajni quyida tomosha qilishingiz mumkin.