Sidneyda oʻtkazilgan marafonda oʻzbekistonlik sportchi gʻolib boʻldi
E’lon qilingan sana: · 217
Avstraliyaning Sidney shahrida oʻtkazilgan Butunjahon yengil atletika federatsiyasining platinum darajasidagi marafonida o‘zbekistonlik Dilfuza Allayarova gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Bu haqda Milliy Olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.
Ma’lumotga koʻra, Dilfuza Allayarova 50−54 yosh toifasidagi bellashuvlarda ishtirok etib, birinchi oʻrinni egallagan.
Qayd etilishicha, 54 yoshli sportchi masofani 2 soat 55 daqiqa 53 soniyada bosib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. Bu yosh toifasidan qat’i nazar o‘zbekistonlik ayol marafonchilar tomonidan qayd etilgan eng yaxshi o‘ninchi natija bo‘ldi.