JCh-2026 saralashi. Oʻzbekiston safarda Qirgʻizistonni qiyinchilik bilan magʻlub etdi

E’lon qilingan sana· 115
JCh-2026 saralashi. Oʻzbekiston safarda Qirgʻizistonni qiyinchilik bilan magʻlub etdi
Foto: O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 10-sentyabr kuni Jahon chempionati 3-saralash bosqichi 2-turi doirasida Qirgʻiziston jamoasi mehmoni boʻldi va 2:3 hisobida gʻalaba qozondi.

Uchrashuvning 15-daqiqasida Joel Kojo Qirgʻizistonni hisobda oldinga olib chiqdi. Oʻzbekiston terma jamoasi esa Shomurodovning 17-daqiqada kiritgan goli bilan darhol javob qaytardi. 35-daqiqaga kelib, qirgʻizistonliklar Odil Abdurahmonovning goli bilan yana oldinga chiqdi, taym soʻngida Husniddin Aliqulov hisobni yana bir bor tenglashtirdi. Oʻzbekistonga gʻalaba keltirgan golni 72-daqiqada Oston Oʻrunov kiritdi.

Srechko Katanes shogirdlari ikki turdan soʻng 6 ochko toʻplagan holda guruhda birinchi oʻrinni egallab turibdi. Oʻzbekiston terma jamoasinig guruhdagi asosiy raqibi hisoblangan Eron terma jamoasida ham 6 ochko mavjud. Jamoalar oʻzaro 10-oktyabr kuni Toshkentda toʻqnash keladi.

Uchrashuvda kiritilgan gollar va xavfli vaziyatlar.