JCh saralash. Oʻzbekiston 3-bosqichni minimal hisobdagi gʻalaba bilan boshladi

E’lon qilingan sana· 45
JCh saralash. Oʻzbekiston 3-bosqichni minimal hisobdagi gʻalaba bilan boshladi

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 5-sentyabr kuni Jahon chempionati 3-saralash bosqichi 1-turi doirasida KXDR jamoasini qabul qildi va hisobida gʻalaba qozondi.

Uchrashuvning 20-daqiqasida Jaloliddin Masharipov Sherzod Nasrullayevning pasini golga aylantirdi.

Birinchi boʻlim yakuniga yetishiga 5 daqiqa qolganida Oʻtkir Yusupov darvozasi tomon penalti belgilandi. Terma jamoa darvozaboni esa pastki burchakka yoʻllangan zarbani qaytarishga erishdi.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCh saralashidagi 2-tur uchrashuvini Qirgʻizistonga qarshi Bishkekda oʻtkazadi. Oʻyin 10-sentyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Gol videosi