Paralimpiada. Oʻzbekistonlik sportchilar yana bir oltin va bronza qoʻlga kiritdi

E’lon qilingan sana· 154
Paralimpiada. Oʻzbekistonlik sportchilar yana bir oltin va bronza qoʻlga kiritdi

Para yengil atletikaning erkaklar o‘rtasidagi F37 klassida yadro uloqtirish dasturida oʻzbekistonlik sportchilar ikkita medalga ega chiqdi.

Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev 16.37 metr natija bilan chempionlikni naqd qildi, 15.24 metr natija qayd etgan Tolibboy Yo‘ldashev esa bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Shunday qilib, Parij Paralimpiadasining 2-kunidan soʻng Oʻzbekiston hisobida 2 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medali bor va umumjamoa hisobida 8-oʻrinda bormoqda.

Bugun, Parijda oʻtayotgan oʻyinlarning uchinchi kunida Oʻzbekiston delegatsiyasining 14 nafar sportchisi bahslarga kirishadi.