Oʻzbekistonlik paralimpiyachilar oʻyinlarning birinchi kunida 2 ta medal qoʻlga kiritdi

E’lon qilingan sana· 92
Oʻzbekistonlik paralimpiyachilar oʻyinlarning birinchi kunida 2 ta medal qoʻlga kiritdi

O‘zbekistonlik parasuzuvchi Muslima Odilova Parij Paralimpiadasida bronza medalni qo‘lga kiritdi. U faoliyatida ikkinchi bor Paralimpiya o‘yinlari shohsupasiga ko‘tarilmoqda. Uning medali O‘zbekiston delegatsiyasi uchun turnirdagi birinchisi bo‘ldi.

30-avgust kuni ayollar o‘rtasida S13 klassida 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bo‘yicha saralash bahslari o‘z nihoyasiga yetdi. Ushbu masofada kurash olib borgan o‘zbekistonlik para suzuvchi Muslima Odilova hal qiluvchi bahsda marraga uchinchi bo‘lib yetib keldi va delegatsiya hisobiga ilk medal — bronzani olib keldi.

Final bahsida 26 yoshli sportchi 1:05.43 natijasini qayd etdi. Oltin medal 8 karra Yevropa chempioni, Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari chempioni italiyalik Karlotta Jilliga (1:03.27), kumush medal esa amerikalik Greys Nyuferga nasib qildi.

Bu Muslima Odilova uchun faoliyatidagi ikkinchi Paralimpiya o‘yinlari medali hisoblanadi. Para suzuvchi bundan avval Rio-2016 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida ham shohsupaga ko‘tarilgan va ikkita kumush medalni qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, ushbu kunda Parataekvondochi Ziyodaxon Isoqova Parij Paralimpiya o‘yinlarining kumush medaliga ega chiqdi.

U K44 gurhining 47 kg vazn toifasida ishtirok etdi (bunga bir qo‘li amputatsiya qilingan yoki qo‘l funksiyasini yo‘qotgan sportchilar kiradi, xuddi shu toifaga oyoq barmoqlari bo‘lmagan sportchilar ham kiradi).

2023-yilgi jahon chempioni chorak finalda qochqinlar jamoasi a’zosi afg‘onistonlik Zakiya Xudadodiyni 4:3 hisobida mag‘lub etdi. Yarim finalda Ziyodaxon Isoqova tailandlik sportchi Hvansuda Puangkichni ortda qoldirdi — 5:3.

Finalda unga Perulik amaldagi Paralimpiya chempioni Anjelika Espinosa raqiblik qildi va unga 10:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Hozircha mamlakat hisobida 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bor, bu natija bilan O‘zbekiston 18-o‘rinda bormoqda.

Bugun, 30-avgust, Paralimpiya oʻyinlarining 2-kunida oʻzbekiston delegatsiyasining 19 nafar a’zosi 6 ta sport boʻyicha bahslarga kirishadi.

Para akademik eshkak eshish

12:30. Muhayyo Abdusattorova (PR1);

Para yengil atletika

13:00. Nataliya Semyonova (disk uloqtirish);

Nurxon Qurbonova (disk uloqtirish);

13:31. Asila Mirzayorova (uzunlikka sakrash);

13:39. Kubaro Hakimova (yadro uloqtirish);

Madina Muxtorova (yadro uloqtirish);

14:22. Asila Mirzayorova (400 m yugurish, u birdan ortiq sport turi bo‘yicha qatnashmoqda);

21:00. Mahliyo Akramova (klab uloqtirish);

22:08. Urganchbek Egamnazarov (uzunlikka sakrash);

23:52. Tolibboy Yo‘ldashev (yadro uloqtirish);

Qudratullaxon Ma’rufxo‘jayev (yadro uloqtirish);

Para o‘q otish

14:15. Server Ibragimov (10 m to‘pponchadan otish);

Para velosport

14:30 Azimbek Abdullayev (1000 m trek);

G‘olibbek Mirzayorov (3000 m trek);

Para taekvondo

13:45 Zuhriddin Tohirov (-63 kg);

6:19 Javohir Aliqulov (-70 kg);

Para suzish

14:02 Muzaffar Tursunxo‘jayev (100 m chalqancha);

Kirill Pankov (100 m chalqancha);

Islam Aslanov (100 m chalqancha);

Shoxsanamxon Toshpo‘latova (100 m chalqancha);