Foto: Parijda Paralimpiya oʻyinlarining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

E’lon qilingan sana· 72
Foto: Parijda Paralimpiya oʻyinlarining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi

Kecha, 28-avgust kuni Fransiyaning Parij shahrida XVII yozgi Paralimpiya oʻyinlarining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Konkord maydonida tashkil etilgan tadbirda Xusniddin Norbekov va Mohigul Hamdamova Oʻzbekiston delegatsiyasi bayroqdorlari sifatida maydonga chiqdi.

8-sentyabrga qadar davom etadigan musobaqada Oʻzbekiston delegatsiyasi oʻz tarixida ilk bor 9 sport turida 65 nafar sportchi bilan 113 ta litsenziya qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan.

Bugun, 29-avgust kungi dasturda Oʻzbekiston nomidan Kirill Pankov, Muzaffar Tursunxoʻjayev, Islom Aslanov, Shohsanam Toshpoʻlatova hamda Muslima Odilova para suzish, Ziyodaxon Isoqova para taekvondo bahslarida medallar uchun kurash olib boradi.