Parij-2024. Bugun musobaqada ishtirok etadigan oʻzbekistonlik sportchilar

E’lon qilingan sana· 491
Parij-2024. Bugun musobaqada ishtirok etadigan oʻzbekistonlik sportchilar

Parij Olimpiadasining 11-kunida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari 3 sport turida 4 nafar atlet bilan ishtirok etadi.

Bugun sport kurashlari boʻyicha uch nafar sportchi, xususan, Oʻzbekiston tarixida Olimpiadada ilk bor ayol kurashchi — Aktenge Kuenimjayeva bahslarga kirishadi.

Soat 14:30 da yunon-rum kurashi boʻyicha Aram Vardanyan misrlik Mahmud Abdulrahmonga qarshi, Rustam Assakolov esa gonduraslik Kevin Mexiyaga qarshi gilamlarga chiqadi. Ayollar kurashi boʻyicha Aktenge Kuenimjayevaning bahsi ham 14:30 ga rejalashtirilgan. Uning raqibi ukrainalik Oksana Livach boʻladi.

Shuningdek, tunda, aniqrogʻi, soat 00:30 yarim finalda Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev AQSH vakili Omari Jonesga qarshi ringga koʻtariladi. Asadxoʻja allaqachon oʻzi uchun Olimpiada medalini naqd qilgan.