Parij-2024. Bugun musobaqada ishtirok etadigan oʻzbekistonlik sportchilar
Parij Olimpiadasining 7-kunida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari 4 sport turida 9 nafar atlet bilan ishtirok etadi.
Bugun 4 nafar boskchi ringga koʻtariladi. Xususan, soat 18:30 da Sitora Turdibekova (-57 kg) nimchorak final bahsini oʻtkazadi, uning raqibi tayvanlik Lin Yuiy-Tin. Shuningdek, soat 20:55 da Bahodir Jalolov (+92 kg) avstraliyalik Teremoana Junior bilan yarim final uchun bahslashadi. 51 kg vazn toifasidagi Hasanboy Doʻstmatov xuddi shu bosqichda qozogʻistonlik raqibi bilan kuch sinashadi, ushbu jang 00:20 ga belgilangan. Bundan tashqari, Toʻrabek Habibullayev kubalik Arlen Lopezga qarshi soat 00:50 jang oʻtkazadi. Chorak finaldagi bokschilar keyingi bosqich masalasini hal qilish bilan birga Olimpiada medallarini ham naqd qiladi.
Shuningdek, soat 13:00 da dzyudochi Alisher Yusupov (+100 kg) tatamiga chiqadi.
Bundan tashqari, bugun oʻzbekistonlik yengil atletlar ham bahslga kirishadi. Xususan, soat 13:15 da Safina Sadullayeva balandlikka sakrash boʻyicha oʻz chiqishlarini boshlasa, soat 19:15 da Sharifa Davronova uch hatlab sakrash boʻyicha musobaqalarda ishtirokini boshlaydi.
Kamodan otish sport turida (mikst) Amirxon Sodiqov va Ziyodaxon Abdusattorovalar Oʻzbekiston sharafini himoya qilishadi.
Ushbu jarayonlarni “SportTv” telekanali orqali kuzatib borishingiz mumkin boʻladi.