Parij-2024. Muzaffarbek Toʻraboyev – bronza medali sohibi

E’lon qilingan sana· 170
Parij-2024. Muzaffarbek Toʻraboyev – bronza medali sohibi

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasi aʼzosi Muzaffarbek To‘raboyev yarimfinalda mag‘lubiyatga uchragach, bronza medali uchun tatamiga chiqdi.

Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida -100 kg vazn toifasida oʻzbekisotnlik Muzaffarbek To‘raboyev yarimfinal bahsida jahon chempioni ozarbayjonlik Zelim Kotsoyevga imkoniyatni boy berganidan keyin bronza medali uchun bahsda ispaniyalik Nikoloz Sherazadishviliga qarshi kurashdi.

Bahsda o‘zbekistonlik 2023-yilgi jahon chempioni ispaniyalik raqibi ustidan vazari bahosi bilan g‘alabaga erishib, bronza medaliga ega chiqdi.

Dastlabki medalni ham dyudochi Diyora Keldiyorova yutgandi, u Olimpiada chempioniga aylangandi. Shunday qilib, Oʻzbekiston delegatsiyasida hozirgacha umumiy 2 ta medal bor.