Parij-2024. Bugun musobaqada ishtirok etadigan oʻzbekistonlik sportchilar

E’lon qilingan sana· 202
 Parij-2024. Bugun musobaqada ishtirok etadigan oʻzbekistonlik sportchilar

Parij Olimpiadasining 5-kunida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari 4 sport turida 8 nafar atlet bilan ishtirok etadi.

Xususan, akademik eshkak eshish boʻyicha Shahzod Nurmatov va Sabir Safaraliyev (jamoaviy) oʻz yurishini boshlaydi (soat 12:30 da), dzyudo boʻyicha -90 kg vazn toifasida Davlat Bobonov birinchi bahsini oʻtkazadi (soat 13:00 da), shuningdek, yana bir dzyudochi -70 kg vazn toifasida Gulnoza Matniyozova ham bahs olib boradi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston delegatsiyasi bayroqdori Abdumalik Xolokov (-57 kg) ham ilk jangini oʻtkazadi (14:00 da), soat 19:15 da esa -70 kg vazn toifasida Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev ringga koʻtariladi.

Bugun kamondan otish Amirxon Sodiqov va Ziyodaxon Abdusattorova ilk oʻyinlarini oʻtkazadi. Bu bahslar tegishli tarzda 16:15 va 18:00 da boʻlib oʻtadi.