Parij-2024. Bugun musobaqada ishtirok etadigan oʻzbekistonlik sportchilar
Parij Olimpiadasining 4-kunida O‘zbekiston federatsiyasi a’zolari 4 ta sport turida ishtirok etadi. Sharofiddin Boltaboyev dzyudo, Anna Prakaten esa akademik eshkak eshish bo‘yicha bahslarga kirishadi. Shuningdek, 4 nafar bokschi o‘z yurishini boshlaydi. Futbolchilar esa Dominikanga qarshi o‘ynaydi.
Fransiya mezbonlik qilayotgan Olimpiya o‘yinlarining 4-kunida O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta sport turi: dzyudo, boks, futbol va akademik eshkak eshish bo‘yicha o‘z kuchini sinab ko‘radi. Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati seshanba kuni ishtirok etuvchi sportchilar ro‘yxatini ma’lum qildi.
Akademik eshkak eshish
Anna Prakaten — 12:30.
Dzyudo
-81 kg: Sharofiddin Boltaboyev — 13:00.
Boks
- -57 kg: Sitora Trudibekova — 16:08;
- -54 kg: Nigina O‘ktamova — 19:50;
- -51 kg: Hasanboy Do‘smatov — 23:15;
- -80 kg: To‘rabek Habibullayev — 00:05.
Futbol
O‘zbekiston — Dominikan — 18:00.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston OTJ keyingi bosqichga oʻtish imkoniyatini qoʻldan boy bergan, bugungi uchrashuv faqatgina 3 yoki 4-oʻrinni egallash masalasini hal qiladi, xolos, guruhdan esa 1−2-oʻrin egalari chiqadi.