Parij-2024. Futbol boʻyicha Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi Misrga ham magʻlub boʻldi

E’lon qilingan sana· 406
Parij-2024. Futbol boʻyicha Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi Misrga ham magʻlub boʻldi

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi Parijda oʻtayotgan Olimpiada oʻyinlarining 2-turidan oʻrin olgan Misrga qarshi uchrashuvini oʻtkazdi.

Oʻzbekistonliklar 11-daqiqadayoq himoyadagi palapartishlik sabab tezkor gol oʻtkazib yubordi. Muhammadqodir Hamraliyevning darvoza maydonidan uzoqlashtirmoqchi boʻlgan toʻpiga Ahmad Koka toʻsqinlik qildi va Abduvohid Ne’matov darvozasidan joy oldi.

29-daqiqaga kelib oʻzbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev qanotdan uzatib berilgan toʻpni golga aylantirgandi, ammo ofsayd sabab gol inobatga olinmadi.

Ma’lumot uchun, “C” guruhidagi ikkinchi juftlikda Ispaniya Dominikan ustidan 3:1 hisobida gʻalaba qozondi va 2 turdan keyin 6 ochko toʻplagan holda keyingi bosqich masalasini hal qildi.

Ketma-ket ikkinchi magʻlubiyat bilan Oʻzbekiston pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini qoʻldan chiqardi.