Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Olimpiada-2024 ga boradigan tarkibi e'lon qilindi

E’lon qilingan sana· 830
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Olimpiada-2024 ga boradigan tarkibi e'lon qilindi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Parijdagi Olimpiya o‘yinlari uchun yakuniy tarkibni e’lon qildi. Undan, reglamentga muvofiq, 22 nafar futbolchi, jumladan, Eldor Shomurodov, Abbosbek Fayzullayev va Oston Oʻrunovlar joy oldi.

Olimpiadada 23 yoshgacha bo‘lgan (2001-yil 1-yanvardan keyin tug‘ilgan) futbolchilar ishtirok etadi. Terma jamoa arizasiga koʻra bu yoshdan katta boʻlgan uch nafar futbolchi xizmatidan foydalanish mumkin va Timur Kapadze bu uchun Eldor Shomurodov, Abbosbek Fayzullayev va Oston Oʻrunovlarni tanladi.

Ro‘yxatga 22 nafar futbolchi kiritilgan (18 — asosiy, 4 — zaxira):

  1. Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”);
  2. Vladimir Nazarov (“Paxtakor”);
  3. Hamidullo Abdunabiyev (“Olimpik”);
  4. Abduqodir Xusanov (“Lans”);
  5. Asadbek Rahimjonov (“Olimpik”);
  6. Saidzamat Mirsaidov (“Olimpik”);
  7. Xusniddin Aliqulov (“Rizespor”);
  8. Muhammadqodir Hamraliyev (“Paxtakor”);
  9. Zafarmurod Abdirahmatov (“Nasaf”);
  10. Ibroximxalil Yo‘ldoshev (“Qayrat”);
  11. Abdurauf Buriyev (“Paxtakor”);
  12. Bexruz Asqarov (“Paxtakor”);
  13. Jasur Jaloliddinov (“Neftchi”);
  14. Ibrohim Ibrohimov (“Paxtakor”);
  15. Umarali Rahmonaliyev (“Rubin”);
  16. Diyor Xolmatov (“Paxtakor”);
  17. Ruslan Jiyanov (“Navbahor”);
  18. Alisher Odilov (“Olimpik”);
  19. Oston O‘runov (“Persepolis”);
  20. Abbosbek Fayzullayev (“SSKA Moskva”);
  21. Eldor Shomurodov (Roma);
  22. Husain Norchayev (“Neftchi”).

Markaziy himoyachi Alibek Davronov jarohati sabab tarkibga kiritilmadi. Shuningdek, noma’lum sabablarga koʻra “Al-Vahda” futbolchisi Hojimat Erkinov ham yakuniy tarkibdan tushib qolgan.

Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi 11-iyul kuni Fransiyaga joʻnab ketadi. U yerda 15-iyulda Gvineya, 18-iyulda esa Yangi Zelandiyaga qarshi mashg‘ulot o‘yinlarini o‘tkazadi.

Timur Kapadze shogirdlari Olimpiada-2024 musobaqasida “C” guruhidan joy olgan va Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasiga qarshi bahs olib boradi.

Demak, Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasining guruh bosqich oʻyinlari quyidagi sanalarda boʻlib oʻtadi:

  • 24-iyul: Oʻzbekiston — Ispaniya;
  • 27-iyul: Oʻzbekiston — Misr;
  • 30-iyul: Dominikan Respublikasi — Oʻzbekiston.
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ