Anons

“Bukhara Night Race” xayriya yugurish musobaqasi

E’lon qilingan sana· 115
“Bukhara Night Race” xayriya yugurish musobaqasi

Buxoroda “Bukhara Night Race 2024” xayriya yugurish musobaqasi boʻlib oʻtadi.

“Bukhara Night Race” Oʻzbekistondagi birinchi tungi poyga boʻlib, u Buxoroda quyosh botayotgan paytda boshlanadi. Tadbir doirasida 5 va 10 km masofaga yugurish, 2 km masofaga “Skandinavcha yurish”, shuningdek, 300 va 600 metrga bolalar yugurish musobaqalari o‘tkaziladi.

Tadbir O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilayotgan “Samarqand marafoni” xayriya yugurish musobaqalarining bir qismidir.

Musobaqa yo‘nalishi shaharning tarixiy qismida bo‘lib o‘tadi — sportchilar mashhur diqqatga sazovor joylar, masjid va madrasalar, karvonsaroylar va noyob qadimiy binolar qurshovida masofani bosib o‘tishlari kerak bo‘ladi.

Roʻyxat sanab oʻtilgan masofalardan tashqari, “Zomin Ultra 2024"dan boshlab anʼanaga aylangan plogging — chiqindi yigʻish tadbiri ham tashkil etiladi. Ploggingda 16 yoshdan boshlab ishtirok etish mumkin, bunga ota-onalar ham qoʻshilishi mumkin. Musobaqa yakunida plogging ishtirokchilari oʻrtasida hamkorlarning sovgʻalari bilan qur’a tashlash marosimi oʻtkaziladi.

Ishtirok etish narxi: 200 000 soʻmdan 250 000 soʻmgacha (tanlangan masofaga qarab).
Yugurish musobaqasiga ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish mumkin.

Tadbir O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilmoqda.

  • Sana
    24-avgust
    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ