O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining rasmiy formasi taqdim etildi
2-iyul kuni Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etuvchi Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun rasmiy sport ekipirovkasining taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Sport kiyimlari toʻplami “7Saber” brendi tomonidan taqdim etilgan boʻlib, u yuqori sifatli matolardan “Dri fit” texnologiyasidan foydalangan holda ishlab chiqariladi, bu kiyimlarga alohida pishiqlik va mashgʻulotlarda namlikni oʻziga singdirmaydi.
Sport hamda boshqa tadbirlar uchun moʻljallangan oq va zumrad koʻrinishdagi asosiy ranglar kombinatsiyasi tilla rang elementlar bilan hayotga muhabbat va ochiqlikni, qatʼiylik va gʻalabaga boʻlgan ishtiyoni anglatadi.
Forma Oʻzbekistonning tarixiy me’morchiligidan ilhomlangan — fraktal mozaikalar bilan bezatilgan saroylar, masjidlar va madrasalar jihozning markaziy elementiga aylandi;
Eslatib o‘tamiz, brend O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari va Pekin-2022 qishgi Olimpiya o‘yinlaridagi rasmiy hamkori bo‘lgan. Brend tomonidan XXXII Olimpiada uchun yaratilgan jihozlar “Cosmopolitan” jurnalining moda reytingiga kiritildi.