Anons

Jahon futboli yulduzlari va chempionlari bilan uchrashuv

E’lon qilingan sana· 83
Jahon futboli yulduzlari va chempionlari bilan uchrashuv

Yoshlar oyligi doirasida dunyoga mashhur futbol yulduzlari O‘zbekistonga tashrif buyurishadi.

Dida (Jesus Silva) — darvozabon, Braziliya terma jamoasining sobiq a’zosi, jahon chempioni, ikki karra Milan klubi bilan UEFA chempionlar ligasi g‘olibi.

Kristian Panuchchi — Italiya terma jamoasining sobiq himoyachisi, Real Madrid va Milan jamoalari bilan ikki marta UEFA chempionlar ligasi g‘olibi.

Kristian Zakkardo — Italiya terma jamoasining sobiq a’zosi, o‘ng qanot himoyachisi, jahon va Bundesliga chempioni.

Serjinio (Serjio Klaudio dos Santos) — Braziliya terma jamoasining sobiq a’zosi, yarim himoyachi, jahon chempioni, ikki karra Milan klubi bilan UEFA chempionlar ligasi g‘olibi.

Yoshlar ijod saroyida soat 15:00da bo‘ladigan uchrashuvda futbol tarixi, buguni va kelajak istiqbollari, O‘zbekistonda sohadagi islohotlar hamda sportchilarning muvaffaqiyatlari haqida suhbat bo‘ladi.

Uchrashuvdan soʻng 17:30da Bunyodkor stadionida ushbu futbolchilar ishtirokida mahorat darsi tashkil etiladi.

Uchrashuvda ishtirok etish uchun @yoshlaruchrashuvibot orqali ro‘yxatdan o‘ting.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ