“Sky Camp Boʻstonliq 2024” togʻ sporti festivaliga roʻyxatdan oʻtish boshlandi

E’lon qilingan sana· 752
“Sky Camp Boʻstonliq 2024” togʻ sporti festivaliga roʻyxatdan oʻtish boshlandi

29−30-iyun kunlari Bo‘stonliq tumanida “Sky Camp Boʻstonliq 2024” bo‘lib otadi. Ushbu festival 2024-yilda 5 yil toʻlgan “Samarkand Marathon” xalqaro xayriya poygalari turkumiga kiradi. O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Afisha.uz'ga ushbu festivalga roʻyxatga olish jarayoni boshlanganini ma’lum qildi.

Tog‘ sporti festivali ishtirokchilari va mehmonlarini:

  • Sky Camp BIKE - tog‘ yo‘l velopoygasi. Masofasi 13,5 km, balandlikka ko‘tarilish — 691 m;
  • Sky Camp TRAIL — 10 va 20 km.lik, balandlikka ko‘tarilish — 619 m va 1238 m bo‘lgan noravon joylarda yugurish.
  • Sky CAMP PEAK — Amirsoyning pastki bekatidan yuqori bekatiga qadar 4,2 km.lik balandlikka ko‘tarilishi 724 m bo‘lgan tog‘ cho‘qqisiga chiqish poygasi;
  • Sky Camp ZEN — yugurish, yoga va meditatsiyani birlashtiradi;
  • 2 kun chiqindilardan tozalab yugurish “plogging” poygasi;
  • “Tesla Boy” guruhining konserti kutmoqda.

Ma’lum qilinishicha, “Sky Camp TRAIL” Xalqaro treyl yugurish uyushmasi (ITRA)ning guvohnomasiga ega, bu ishtirokchilar ITRA ballarini qo‘lga kirituvchi O‘zbekistondagi ilk yugurish yo‘lagi hisoblanadi.

“Bu yil biz “Sky Camp Bo‘stonliq” tog‘ sporti festivalini o‘tkazishni davom ettiramiz. Jamoa festival doirasida turli mashg‘ulorlarni tayyorladi — baland-pastliklarda yugurishdan tortib to yoga va meditatsiyagacha. Biz ko‘plab sportchilar, yuguruvchi jamoalar vakillari hamda yangi imkoniyatlar ufqlarini kashf etishni xohlovchilarning e’tiborini jalb qilishni mo‘ljallayapmiz. O‘zbekistonda ilk bor noravon joylarda yugurish yo‘lagini sertifikatlashtirdik, endilikda chopqirlar ballarni shaxsiy maqomlarini oshirish uchun to‘plashlari mumkin. Shuningdek, biz noyob tog‘ manzaralarini asl ko‘rinishida asrab-avaylashga xizmat qiluvchi ekologik tashabbuslarni amalga oshirishda davom etamiz', — deydi “Samarkand Marathon” xayriya musobaqalari turkumi rahbari Mirxan Sagitov.

Ta’kidlanishicha, turkum poygalarni barcha musobaqalarida bo‘lgani kabi ishtirokchilar “Samarkand Marathon” hamkorlari tomonidan tashkil etiladigan musiqa va konsertdan iborat ko‘ngilochar tadbirlardan bahramand bo‘ladilar. Bu yil 29-iyun oqshomgi konsertning bosh qahramoni “Tesla Boy” guruhi bo‘ladi.

“Sky Camp Bo‘stonliq"da ishtirok etish uchun ushbu havola orqali roʻyxatdan oʻtish zarur.