O‘zbekistonlik dzyudochilar “Katta dubulg‘a” turnirida 6 ta medal qo‘lga kiritdi

E’lon qilingan sana· 1 110
O‘zbekistonlik dzyudochilar “Katta dubulg‘a” turnirida 6 ta medal qo‘lga kiritdi

Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Toshkent “Katta dubulgʻa” turnirida 6 ta medal qo‘lga kiritidi, deya xabar bermoqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Dunyoning 68 mamlakatidan 500 nafarga yaqin sportchi ishtirokida kechgan musobaqada o‘zbekistonlik dzyudochilar 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza, jami 6 ta medalga sazovor boʻldi. Bu natija bilan O‘zbekiston terma jamoasi Fransiya va Yaponiyadan keyin umumjamoa hisobida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Medal qo‘lga kiritgan sportchiar

Oltin medal:

  • 60 kg: Doston Roʻziyev;
  • 100 kg: Muzaffarbek Toʻraboyev.

Kumush medal:

  • 52 kg: Gulhayo Joʻrayeva.

Bronza medal:

  • 73 kg: Shahram Ahadov;
  • 73 kg: Obidxon Noʻmonov;
  • 90 kg: Davlat Bobonov.