O‘zbekistonlik dzyudochilar “Katta dubulg‘a” turnirida 3 ta medal qo‘lga kiritdi

E’lon qilingan sana· 281
O‘zbekistonlik dzyudochilar “Katta dubulg‘a” turnirida 3 ta medal qo‘lga kiritdi

Ozarbayjonning Boku shahrida dzyudo bo‘yicha “Katta dubulgʻa” turniri bo‘lib o‘tdi. Unda o‘zbekistonlik sportchilar uchta medal qo‘lga kiritdi, deya xabar bermoqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

-52 kg vazn toifasida ishtirok etgan Diyora Keldiyorova finalda ikki karra Olimpiya oʻyinlari sovrindori italiyalik Odette Jufrida ustidan gʻalaba qozonib, oltin medalga sazovor boʻldi.

Doston Roʻziyev (-60 kg) gruziyalik Timur Nozadze ustidan gʻalabaga erishib, bronza medalini qo‘lga kiritdi. -48 kg vazn toifasida oʻtkazilgan bronza medali uchun bahsda Halima Qurbonova ispaniyalik Mireya Kamosga qarshi bahs olib borib, gʻalabaga erishdi va O‘zbekiston hisobiga 3-medalni taqdim etdi.

Turnirning soʻnggi kunida sportchilardan Oʻtkirbek Toʻraboyev bronza medali uchun kurashish bosqichigacha yetib keldi. Biroq +100 kg vazn toifasida kurashgan polvon uchinchi oʻrin uchun kechgan bahsda niderlandiyalik Yur Spaykersga imkoniyatni boy berdi.

Mezbon Ozarbayjon 3tadan oltin va bronza, 2ta kumush medalga ega chiqib turnirni peshqadam sifatida tugatdi. O‘zbekiston yakuniy ro‘yxatda kuchli beshlikdan joy oldi.