Parij-2024 Olimpiadasi medallari Eyfel minorasidan olingan temirdan tayyorlanadi
Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlari tashkiliy qoʻmitasi musobaqa medallarining taqdimotini oʻtkazdi. Ular Eyfel minorasi ta’miridan qolgan metallardan tayyorlangan, deya xabar bermoqda BBC.
Oltin, kumush va bronza medallarining ichki qismlari uchun metall Eyfel minorasining temir toʻsinlari va boshqa elementlaridan olingan boʻlib, ular rekonstruksiya paytida almashtirilgan.
“Bu sportchilar uchun Parijning bir bo‘lagini o‘zlari bilan olib ketish imkoniyatidir. Eyfel minorasi Parijning eng asosiy ramzi hisoblanadi”, — dedi Olimpiada o‘yinlari kreativ direktori Tyerri Rebul.
Medallarni Parij zargarlik kompaniyalaridan biri loyihalashtirgan. 5084 medal Fransiyaning “Monnaie de Paris” zarbxonasi tomonidan ishlab chiqariladi.
Olimpiya medallarining orqa tomonida markazda yunon g‘alaba ma’budasi Nika, yon tomonlarida Afina Akropoli va Eyfel minorasi tasvirlangan.
Paralimpiya oʻyinlari medallarida Eyfel minorasining pastdan koʻrinishi va koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchilar uchun oʻqish va yozish tizimini ixtiro qilgan fransuz Lui Brayl sharafiga Brayl yozuvida “Paris 2024” yozuvi tushirilgan.
Ma’lumot uchun, Parijdagi Olimpiya o‘yinlari 2024-yil 24-iyuldan 11-avgustgacha, Paralimpiya o‘yinlari esa 28-avgustdan 8-sentyabrgacha boʻlib oʻtadi.