O‘zbekistonlik dzyudochilar Parij “Katta dubulg‘a” turnirida ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi

E’lon qilingan sana· 428
O‘zbekistonlik dzyudochilar Parij “Katta dubulg‘a” turnirida ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi

Dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Fransiya poytaxti mezbonlik qilgan “Katta dubulgʻa” musobaqasidagi ishtirokini tugatdi, deya xabar bermoqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

O‘zbekistonlik sportchilar mazkur turnirda 2 ta bronza medallarini jamgʻardi. Ogʻir vazn toifasida kechgan bellashuvlarda Alisher Yusupov bronza medaliga ega chiqdi. Yusupov gruzin polvoni Irakli Demetrashvilidan ustun keldi. Shuningdek, Shahram Ahadov (-73 kg) ham sovrindorlar qatoridan joy oldi.