Foto: o‘zbekistonlik sportchilar qishki o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etdi

E’lon qilingan sana· 181
Foto: o‘zbekistonlik sportchilar qishki o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etdi

Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun Janubiy Koreyada oʻtayotgan IV qishki oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlaridagi ishtiroki nihoyasiga yetdi, deya xabar bermoqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Musobaqada togʻ changʻichilar — Rauan Raimqulov hamda Sabina Rejepova supergigant, kombinatsiya, gigant slalom va slalom dasturlarida ishtirok etishdi.

“Sportchilar garchi sovrindorlar qatoridan joy ololmagan boʻlishsa ham, oʻzlari uchun ulkan tajriba toʻplashdi. Yosh togʻ changʻichilarimizning kelgusidagi faoliyatida omad va zafarlar tilaymiz”, deyiladi qo‘mita xabarida.

Ko‘proq foto