O‘zbekistonlik qilichboz qizlar Jahon Kubogida bronza medalini oldi

E’lon qilingan sana· 73
O‘zbekistonlik qilichboz qizlar Jahon Kubogida bronza medalini oldi

Ispaniyaning Segoviya shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon kubogi bosqichida o‘zbekistonlik sabliyachi qizlar jamoaviy dasturda uchinchi oʻrinni egalladi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, chorak finalda xitoylik qilichbozlarni 45:19 hisobida magʻlub etgan o‘zbekistonliklar qizlar yarim finalda AQSHga 27:45 hisobida imkoniyatni boy berishgan. `

Musobaqada terma jamoa safida Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlari gʻoliblari Gulistan Perdibayeva hamda Fernanda Errera, oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati sovrindori Nargiza Jaksibayeva, shuningdek, Samira Shokirova harakat qilishdi.